Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Boshligʻining
buyrugʻi
Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarining 48-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2015-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 170-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2015, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarining 48-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” DAK bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 9-yanvar,
6-son
Kelishilgan:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 3-yanvar
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 10-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2014-yil 6-yanvar
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 9-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 17-dekabr
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi X. ShERMATOV
2014-yil 8-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 42-modda)