OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
oʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 96-modda) 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
57-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
121-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
18-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
01-02/8-35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 31-dekabrdagi, 57, 121, 18, 01-02/8-35-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| 13. | 8415 81 001 0, 8415 83 000 9 |
Sanoat konditsionerlari ... |
2. 82-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| 82. | 8704 10 102 0, 8704 21 100 0, 8704 23 910 1, 8704 23 910 2, 8704 31 100 0 Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan 8705 (yuk koʻtarish qobiliyati 25 tn gacha boʻlgan avtokranlardan tashqari TIF TN kodi 8705 10 009 0) Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan |
Yuk tashish va maxsus maqsadlarga moʻljallangan motorli transport vositalari |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 44-modda)