Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.04.1994 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilgi paxta hosilini yigʻib-terib olishga tayyorgarlik koʻrish hamda uni qabul qilish va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilgi paxta hosilini yigʻib-terib olish va tayyorlashga oʻz vaqtida hozirlik koʻrish, paxtakor xoʻjaliklarning yetishtirilayotgan paxta tolasi miqdori va sifati boʻyicha manfaatdorligini hamda masʼuliyatini oshirish, shuningdek paxta zavodlari davlat tasarrufidan chiqarilishini va tarmoqda rivojlanayotgan bozor munosabatlarini hisobga olgan holda “paxta xom ashyosini qabul qilish-saqlash-qayta ishlash” texnologik siklini bosqichma-bosqich oʻzgartirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxtachilik kompleksining moddiy-texnika negizini yangi hosil paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishga va qabul qilishga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Qayumov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” (Husanov), “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” (Zikriyoyev)ning asosiy vazifasi hisoblansin. Bunda paxtani yigʻib-terib olish texnikasining barcha turlarini taʼmirlash va tayyorlab qoʻyishni hamda defoliantlar zaxiralarini yaratishni shu yilning 1-avgustigacha, tayyorlov shoxobchalarini va paxta tozalash zavodlarini toʻliq hozirlab qoʻyishni esa 20-avgustgacha tugallash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini har bir xoʻjalik boʻyicha navlari va tiplariga qarab alohida-alohida saqlash uchun shart-sharoitlarni yaratishga, har bir viloyatda bittadan paxta zavodini urugʻlik paxtani qayta ishlashga ixtisoslashtirishga alohida eʼtibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining paxtakor xoʻjaliklarga 1994-yil hosilidan topshirilayotgan paxta xom ashyosi xarid narxining 90 foizini toʻlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Xoʻjaliklar bilan uzil-kesil hisob-kitob paxta xom ashyosini qayta ishlash yakunlari boʻyicha, qoʻshimcha olingan mahsulotni hisobga olgan holda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (Zikriyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavstandart” markazi (Asriyans) bilan birgalikda qabul qilinayotgan paxta (tola) sifatini aniqlash laboratoriyalarini texnika bilan qayta qurollantirish, ularni zamonaviy nazorat-oʻlchov asboblari va uskunalari bilan jihozlash dasturini ishlab chiqsin. Ushbu masala boʻyicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Azimov) bilan birgalikda, paxta tolasi sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriya asboblarini sotib olish uchun Jahon tiklanish va taraqqiyot banki kreditini olishni tezlashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Oʻzdavstandart” markazi 1994-yilning 1-iyuligacha paxta xom ashyosi uchun yangi standartni ishlab chiqsinlar, tasdiqlasinlar va amalda joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 oy muddatda laboratoriyalar xodimlarini, qabul qiluvchilar-sarxillovchilarni malaka koʻrigidan oʻtkazsin, ularning mehnatiga haq toʻlashni, qabul qilinadigan paxta xom ashyosi sifatiga xolisona baho berishda mavqeyini va javobgarligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda paxta tozalash zavodlarini viloyatlar markazlaridan va boshqa yirik shaharlardan koʻchirish, ularni paxta yetishtiriladigan joylarga joylashtirish masalalarini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui (Joʻrabekov)ga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227-son