Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.10.1992 yildagi 487-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika xalq xoʻjaligini 1992/93 yilning kuz-qish davriga tayyorlash boʻyicha ishlarni tugallash (Fargʻona viloyati misolida), isitish qozonxonalarining tayyorligi, yoqilgʻi zaxiralarini yaratish va rezerv idishlarni mazut bilan toʻldirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi shuni qayd etadiki, vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy Kengashlar tasdiqlangan dasturlarga muvofiq xoʻjaliklarni qish sharoitida ishlashga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirmoqdalar. Biroq xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarida moʻljallangan tadbirlar belgilangan muddatlarda bajarilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni moddiy-texnika resurslari, ehtiyot qismlar va yoqilgʻi bilan taʼminlashda ahvol murakkablashgan va koʻp jihatdan stixiyali ravishda asbob-uskunalar, yoqilgʻi, materiallarning narxi oshib ketishi jarayonlari paydo boʻlgan bir paytda, xoʻjalik yuritishning yangi usullariga oʻtish sharoitida turli darajalardagi rahbarlarning oʻz vaqtida qarorlar qabul qilishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari ayrim tadbirlarning va Vazirlar Mahkamasi protokol topshiriqlarining bajarilish muddatlari barbod boʻlishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyatida qishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan maqsadga qaratilgan ishlar yetarli darajada amalga oshirilmayapti, mahalliy boshqaruv organlarining, vazirliklar va idoralar viloyat boʻlinmalarining ana shu yoʻnalishdagi tashkilotchilik faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud. Uy-joylarni, ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlarni, isitish tizimlarini tuzatish ishlari ancha orqada qolmoqda. Uy-joy fondini kapital tuzatish, issiqlik shoxobchalarini, bugʻ qozonlarini tuzatish tugallanmagan. Qirguli posyolkasining Turgenev koʻchasidagi nasos stansiyasi, Margʻilon shahridagi “Komsomolskaya” posyolkasidagi issiqlik punktlari qurilishi grafiklari buzilmoqda. Fargʻona shahridagi 6-maktabning bugʻ qozonxonasini qayta rekonstruksiyalash ishlari orqada qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, shahar, nohiya oʻt oʻchirish koʻngilli jamiyatlari gaz pechkalarining moʻrilari va ventilyatsiya kanallarini tekshirib chiqishni toʻla qamrab olishni taʼminlamayaptilar. Maktablar, bolalar bogʻchalarining bugʻ qozonlarini, isitish tizimlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini tayyorlash ishlari tugallanmagan. Bugungi kunda bozor fondi boʻyicha 77 ming tonna koʻmir yetkazib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa viloyatlarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida ham qish oldi tadbirlarini bajarishda ana shunday kamchiliklar mavjud. Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Buxoro, Jizzax, Toshkent viloyatlarida uy-joy fondini, issiqlik trassalarini, bugʻ qozonxonasi agregatlarini tuzatish ishlari sustkashlik bilan olib borilmoqda. Andijon shahrida resurslar yoʻqligi tufayli broyler qurilmasi qurilishi toʻxtatib koʻyilgan. Qoraqalpogʻistonda 43 ta maktabda mablagʻ yoʻqligi sababli kapital tuzatish oʻrniga joriy tuzatish qilingan va qishdan chiqish uchun eng oz sharoitlar yaratilgan. Toshkent shahrida maktabgacha bolalar muassasalarini tuzatish ancha orqada qolgan holda olib borilmoqda. Navoiy, Namangan viloyatlarida hunar-texnika bilim yurtlarida tuzatish ishlari tugallanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika va elektrlashtirish vazirligi energetika obyektlari qurilishini sustkashlik bilan amalga oshirmoqda, bugʻ qozonlari agregatlarini tuzatishni, “Oʻzbekgazsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi esa Muborak gazni qayta ishlash zavodida obyektlar qurilishini va magistral gaz quvurlari yotqizishni grafikdan orqada qolgan holda olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda dehqonchilik sanoati kompleksining boshqa tashkilotlari xoʻjaliklarni qishga tayyorlash masalalariga yetarli eʼtibor bermayotirlar. Chorvachilik va ozuqa yetishtirish inshootlarini tuzatish tugallanmagan. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarini qishga tayyorlash boʻyicha yoʻl qoʻyilgan qoloqlik bartaraf etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq xoʻjaligi va aholini qattiq yoqilgʻi bilan taʼminlashdagi ahvol ham qoniqarli emas. Shu yilning IV choragida koʻmirning eng oz zarur miqdori 2777 ming tonnani tashkil etadi, bu hajmni yetkazib berish nihoyatda tigʻiz hal etilmoqda. Ayrim vazirliklar va idoralarning rahbarlari mavjud idishlarni yoqilgʻi mazuti bilan toʻliq toʻldirishni taʼminlamadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qancha sanoat korxonalari, qurilish, transport tashkilotlarining xoʻjaliklarida qishga tayyorgarlik koʻrishda kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona viloyati hokimligining Vazirlar Mahkamasining xalq xoʻjaligini 1992/93 yil kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash haqida 1992-yil 18-maydagi 10-17-16-son topshirigʻini bajarish boʻyicha ishlari yetarli emas, deb hisoblansin. Hokimlik rahbariyati viloyat korxonalari va tashkilotlarini, ayniqsa issiqlik, gaz, suv manbalarini, elektr taʼminotini, uy-joy fondini, kommunal xoʻjaligini, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash muassasalarini, dehqonchilik sanoati kompleksini, transportni qishga tayyorlash boʻyicha belgilangan dasturlarni toʻla amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, davlat va tadbirkorlik xoʻjalik tuzilmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi qanday borayotganligini puxta tahlil qilsinlar, xoʻjaliklarni kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan ishlab chiqilgan kompleks tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish choralarini koʻrsinlar. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga oʻtish davri sharoitlarida moddiy-texnika resurslarini, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va moliyaviy resurslarni qidirib topishga alohida eʼtibor bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, qishloq xoʻjaligi va uy-joy-kommunal sektorida yonilgʻi, elektr va issiqlik energiyasini tejash hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga eʼtiborni kuchaytirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, banklarning hududiy tashkilotlari, respublikaning tegishli tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy imkoniyatlardan, oʻzaro mahsulot yetkazib berish yuzasidan tuzilgan bitimlardan foydalanib, shu yilning oktabr oyida obyektlarni qish davrining normal oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan zarur resurslar va mablagʻlar bilan taʼminlash masalalarini hal etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning 25-oktabrigacha qattiq va suyuq yonilgʻi zaxiralarini toʻplash, ichki temir yoʻl shoxobchalarini tuzatish ishlarini tugallasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻrta Osiyo koʻmir” ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv, viloyatlar, shaharlar, nohiyalarning hokimliklari aholini zarur miqdordagi koʻmir bilan taʼminlash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrtoq V.K. Mixaylov, respublika oʻt oʻchirish koʻngilli jamiyatining raisi oʻrtoq V.M. Zolotuxin va hokimliklar rahbarlarining qish davri boshlangunga qadar respublika gaz bilan isitish tizimlarining moʻrilari va ventilyatsiya kanallarini toʻla tekshirib chiqish borasida tegishli chora-tadbirlar koʻrilishi, oʻrtoq V.K. Mixaylovning shu yil oktabr oyida Nukus shahridagi 1-nohiya bugʻ qozonxonasida bitta, dekabr oyida ikkinchi bugʻ qozonxonasi ishga tushirilishi haqidagi axboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika va elektrlashtirish vaziri oʻrtoq M.S. Toshpoʻlatovning va Oʻzbekiston neft mahsulotlari davlat-aksionerlik birlashmasining bosh direktori oʻrtoq A.Y. Husainovning bugungi kunda respublika boʻyicha 1 mln tonna, shu jumladan, energetika tizimida 800 ming tonna mazut toʻplanganligi, 1993-yilning birinchi yanvariga qadar Energetika va elektrlashtirish vazirligi boʻyicha uning zaxiralari 600 ming tonna miqdorida saqlanishi haqidagi axboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekgazsanoat” ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori vazifasini bajaruvchi oʻrtoq A.H. Gʻulomov va “Oʻzbekneftgazqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasining boshligʻi oʻrtoq V.M. Tovarovskiyning shu yilning dekabr oyida Muborak gazni qayta ishlash zavodida 12-oltingugurt tozalash blokining ishga tushirilishi taʼminlanishi haqidagi axboroti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovuq tushgunga qadar energetika asbob-uskunalarini tuzatish ishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqariladigan energiyani hamda davlatlararo elektr energiyasi va quvvatlar yetkazib berishning kelishilgan hajmlarini hisobga olgan holda eng koʻp ogʻirlik tushgan soatlarda isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi va quvvatlarni isteʼmol qilishning energiya tizimi boʻyicha limitlarini oylarga boʻlib 1992-yilning IV choragi uchun va 1993-yilning I choragi uchun belgilash toʻgʻrisida shu yilning 1-noyabrigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, hokimliklar bilan birgalikda shu yilning oktabr oyida respublika energiya tizimi boʻyicha va har bir shahar, nohiya, korxona, tashkilot boʻyicha avariya bilan bogʻliq cheklashlar va isteʼmolchilarni elektr bilan taʼminlashni toʻxtatish grafigini tuzsin va tasdiqlasin, avariyalarga qarshi choralarning aniq tizimini va ularni amalga oshirish mexanizmini kelishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ertalab va kechqurun eng koʻp ogʻirlik tushishini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan elektr yordamida ishlaydigan bugʻ qozon va boshqa isitish qurilmalarining ishlash grafiklarini hokimliklar ishtirokida ishlab chiqsin va isteʼmolchilar bilan kelishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi, Oʻzbekiston davlat metallurgiya konserni, Oʻzbekiston davlat kimyo konserni, Binokorlik materiallari sanoati vazirligi, respublikaning boshqa vazirliklari, idoralari, konsernlari, korxonalari eng koʻp ogʻirlik tushadigan davrda elektr va issiqlik energiyasi isteʼmol qilishni kamaytirish maqsadida energiya koʻp ishlatiladigai asbob-uskunalarni tuzatishni shu davrga koʻchirsinlar, sanoat korxonalarida tungi smenalardan, shuningdek shanba kunlaridan belgilangan tartibda yanada toʻlaroq foydalansinlar, zarur hollarda korxonalar ishining oʻzgaruvchan grafiklarini tuzib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekneftgaz” davlat konserni gazni qazib olish, qayta ishlash, saqlash va tashish boʻyicha quvvatlarni oʻz vaqtida ishga tushirishni taʼminlasin. Bugungacha yerosti omborlarida 3,5 mlrd kubometr faol gaz zaxiralarining toʻplanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, bu qish davrida isteʼmolchilarga bir maromda gaz yetkazib berishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda gaz isteʼmolchilari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda shu yilning oktabr oyida 1992-1993-yilning kuz-qish davridagi sovuq kunlarda elektr stansiyalari va sanoat korxonalarini tabiiy gaz bilan ishlashdan yoqilgʻining zaxira turlari bilan ishlashga oʻtkazish grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ularda yoqilgʻining ana shu maqsadlar uchun kamaymaydigan zarur zaxiralari tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi shu yilning 25-oktabrigacha xalq xoʻjaligi yuklari va yoʻlovchilarni qish davrida uzluksiz tashish maqsadida harakat qiluvchi sostavni, yoʻl va tasarrufidagi boshqa xoʻjaliklarni tuzatish va qishga tayyorlash ishlarini tugallasin. Ishlov berilmagan neft, koʻmir, yonadigan mazut, boshqa neft mahsulotlarini tashish boʻyicha topshiriqlarning bajarilishini doimiy nazorat ostiga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika vazirliklari, idoralari, korxonalari va tashkilotlari vagonlar va sisternalarning boʻsh turib qolishini qisqartirish, ortish-tushirish aʼmollarining uzluksizligini oshirish, tungi soatlarda, dam olish va bayram kunlarida vagonlarga yuk ortish va tushirish ishlarini tashkil etishni yaxshilash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻrtoq Q.J. Haqqulov shu yilning IV choragida ajratilgan kvotalarga muvofiq Rossiyadan neft va neft mahsulotlari olishni taʼminlasin hamda Kansk-Achinskdan koʻmir keltirishni alohida nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ommaviy axborot vositalari xalq xoʻjaligini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni muntazam yoritib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar xalq xoʻjaligi tarmoqlarining qishga tayyorligi haqida shu yilning 25-oktabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilib borish Bosh vazir oʻrinbosarlari Q.J. Haqqulov va K.N. Toʻlaganov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
487-son