08.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2549
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari lavlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 08.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2549
Кучга кириш санаси
13.01.2014
Hujjat 02.02.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2549]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 508-modda) 7-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/21-30-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330 V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 25-noyabrdagi 61-mh, 17, 01-02/21-30, 330 V-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 10-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y, 39-son, 508-modda) muvofiq, dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot vositalari — algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va maʼlumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yigʻindisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompyuterda amalga oshirish uchun moʻljallangan intellektual mulk obyekti. Dasturiy taʼminot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi — oʻz dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish), kuzatish (xizmat koʻrsatish), joriy qilish va sotish bilan bogʻliq faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri (bundan buyon matnda Milliy reyestr deb yuritiladi) — mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari toʻgʻrisidagi axborotning yagona elektron banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot vositalari eksporti — dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan dasturiy taʼminot vositalarini norezidentga elektron shaklda, shu jumladan olib yuriladigan tashuvchilarda va Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlar orqali sotish, shu jumladan dasturiy taʼminot vositalarini kuzatish (xizmat koʻrsatish) boʻyicha tashqi savdo faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot vositalari importi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti norezidentdan dasturiy taʼminot vositalarini sotib olishi, shu jumladan dasturiy taʼminot vositalarini kuzatish (xizmat koʻrsatish) boʻyicha tashqi savdo faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkon — Internet tarmogʻi orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan savdo qiluvchi, foydalanuvchilarga real vaqt rejimida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun buyurtmalarni shakllantirish, ular uchun haq toʻlash va yetkazib berish usullarini belgilash imkonini beruvchi sayt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining eksport operatsiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan shartnomalar tuzish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrga kiritilgan boʻlsa, eksport shartnomasisiz dasturiy taʼminot vositalarini chet el valyutasida Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlari orqali sotish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy reyestrni shakllantirish va yuritish Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining eksport shartnomalarini tuzish va ijro etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Eksport shartnomasiga ega boʻlmagan milliy reyestrga kiritilgan dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi Internet tarmogʻidagi onlayn magazinlar orqali dasturiy taʼminotni xorijiy valyutaga sotish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalangan holda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga maʼlumot kiritadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2549-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2549-1, 28.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2549-1, 28.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlari orqali dasturiy taʼminot vositalari eksportining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dasturiy taʼminot vositalari uchun chet el valyutasidagi tushum dasturiy mahsulotni sotish fakti boʻyicha dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisining hisob raqamiga chet el valyutasida kelib tushishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrdan chiqarilsa, u 3 ish kuni davomida bu haqda Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlari orqali dasturiy taʼminot vositalari eksportidan olinadigan chet el valyutasidagi tushum kelib tushadigan xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bankka xabar berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining import shartnomalarini tuzish va ijro etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Internet tarmogʻida chet el on-layn doʻkonlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan import shartnomasi mavjud boʻlmaganda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan eksport-import operatsiyalarining toʻgʻri oʻtkazilganligini nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2549-1, 28.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 47-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 25-modda; 2015-y., 4-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/2549-2/2570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)