Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.02.1994 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilning bahorgi-yozgi davrida sel va toshqin suvlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv oqimlarini hosil qiluvchi maydonlarning koʻp qismida toʻplangan qorning hajmi oʻrtacha koʻp yillik miqdordan 1,4 — 1,8 baravar ortib ketdi. “Boshgidromet”ning maʼlumotiga koʻra 1994-yil fevral oyida respublikamizning butun hududida yogʻingarchilikning meʼyor atrofida va meʼyordan koʻproq boʻlishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu yilning mart, aprel va may oylarida toshqin va sel jarayonlarining hamda ularga bogʻliq boʻlgan koʻchki hodisalarining kuchayishi kutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sel va toshqin suvlari yetkazishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish hamda aholi yashaydigan joylar, gidrotexnika inshootlari, kanallar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, elektr uzatish va aloqa tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi yerlarining zarar koʻrmasligini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimliklari shu yilning 15-martigacha suvlarni yoʻllar bilan kesishgan joylar, dyukerlar va novlar orqali oʻtkazib yuborishga alohida eʼtibor berib, aholi yashaydigan hududlardagi sel, jala yoʻllarini, ariqlar va zovurlarni tozalashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sel va toshqin suvlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshirish vazirliklar, idoralarga va tegishliligi boʻyicha korxonalarga yuklatilsin, ular bu ishlarni ixtiyorlaridagi mablagʻ va moddiy-texnika resurslari doirasida bajarsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar 1994-yil 15-martdan boshlab vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun kechayu kunduz ishlaydigan shtablar tuzsinlar, ular ixtiyoriga yetarlicha avtotransport, yonilgʻi-moylash materiallari va aloqa vositalarini ajratsinlar; sel va toshqin suvlari oʻtadigan oʻta xavfli joylar va koʻchki hodisalari sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mintaqalarni aniqlasinlar, bunday joylarda kechayu kunduz navbatchilik qilish va zarur materiallar olib kelinishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari aholini sodir boʻlishi mumkin boʻlgan toshqin, sel, koʻchki hodisalaridan oʻz vaqtida xabardor qilishni taʼminlasinlar va zarur hollarda aholini, chorva mollarini xavfsiz yerlarga vaqtincha koʻchirish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi materiallarning zarur zaxiralarini tashkil etishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hokimliklariga, vazirliklar va idoralarga yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi respublika hududida kutilayotgan sel, toshqin va koʻchki hodisalari haqida toshqinga qarshi favqulodda komissiyani, zarur muhofaza ishlarini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralarni oʻz vaqtida xabardor qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, zarurat boʻlganda, sel va toshqin suvlarini oʻtkazib yuborish chogʻida muhofaza va tiklash ishlarini bajarish va zarur materiallarni sotib olish uchun Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligiga respublika budjeti kafolati bilan kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-son