Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BAXSHISI” FAXRIY UNVONINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishdagi, oʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi salmoqli hissalari hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-mart,
PF-2562-son
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishdagi ulkan xizmatlari, oʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand etishdagi salmoqli hissalari, Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoniga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, respublika vazirliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, idoralar va jamoat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan beriladi.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvonining koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan shaxslar respublikada belgilangan oylik eng kam ish haqi miqdorida har oyda pul mukofoti oladilar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan tegishli rahbar xodimlar tomonidan tantanali va oshkoralik vaziyatida topshiriladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvonining koʻkrak nishoni
TAVSIFI
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuza tomonida milliy cholgʻu asbobi doʻmbirada kuylayotgan baxshi, pastki oʻn chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ VAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 103-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)