Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi energetika va elektrifikatssiya vazirligining “Toshkent issiqlik markazi” korxonasiga qarashli “Qorasuv” 2-issiqlik markazini Toshkent shahar hokimligi boshqaruviga oʻtkazish toʻgʻrisida
Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berishda kapital va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish boʻyicha eksperiment oʻtkazish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrifikatsiya vazirligi hamda Toshkent shahri hokimligining “Qorasuv” 2-issiqlik markazini Energetika va elektrifikatsiya vazirligining “Toshkent issiqlik markazi” korxonasi tarkibidan Toshkent shahri hokimligining “Toshkent issiqlik energiyasi” ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrifikatsiya vazirligi hamda Toshkent shahri hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda mazkur issiqlik markazining belgilangan tartibda 1999-yil 1-iyul holatiga koʻra moddiy-texnika va inson resurslari bilan qabul qilish-topshirishni amalga oshirsin;
bir oy muddatda issiqlik markazini balansdan balansga qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tasdiqlasin.
3. “Qorasuv” 2-issiqlik markazi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrifikatsiya vazirligi tizimida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning darajasi va shartlari, ijtimoiy kafolatlar va meʼyorlar boʻyicha taʼminotning barcha turlari saqlab qolinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrifikatsiya vazirligi “Toshkent issiqlik energiyasi” ishlab chiqarish birlashmasiga mazkur issiqlik markaziga tegishli boʻlgan jihozlarni taʼmirlash, sozlash ishlarini bajarish hamda ehtiyot qismlar tayyorlashda shartnomaviy asosda yordam koʻrsatib borsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishi boʻyicha nazorat Bosh vazir oʻrinbosari B. Xamidov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 25-iyun,
316-son