Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 17.12.2013 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-son qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida davlat ta’lim muassasasi shaklida Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz ta’limning barcha turlarida chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan chuqur ilmiy izlanishlar olib borish, chet tillarni o‘qitish sohasida normativ va amal qilinuvchi hujjatlarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tillar bo‘yicha o‘qituvchilar va mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga, boshqa manfaatdor muassasalarga tillarni o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini, chet tillarni o‘rganishning ilg‘or pedagogika texnologiyalarini amalda joriy etish masalalari bo‘yicha metodik rahbarlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumladan o‘qitishning masofadan amalga oshiriladigan usullaridan foydalangan holda chet tillari bo‘yicha zamonaviy saviyali pedagog kadrlar, metodik xodimlar va tarjimonlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tillarga o‘qitishning xalqaro standartlarini (“Xorijiy tillarni egallashning umumyevropa kompetensiyasi” tizimi: o‘rganish, o‘qitish, baholash” (CEFR)) ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha monitoring olib borish, ushbu sohadagi eng yaxshi tajribani umumlashtirish va uning asosida manfaatdor ta’lim muassasalari uchun tegishli tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bilimlar darajasini baholash va sertifikatsiyalashning milliy tizimini shakllantirish va joriy etishda qatnashish, xalqaro va milliy standartlarga muvofiq o‘quvchilar, pedagog kadrlar va boshqa manfaatdor shaxslarning chet tilini bilishi darajasini test sinovidan o‘tkazish va sertifikatsiyalash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tillarni o‘rganishning masofadan amalga oshiriladigan shakllarini tashkil etish bilan chet tillarni o‘qitishning interaktiv vositalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda turli mediata’lim mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni aholiga sotish, aholining keng qatlamlari o‘rtasida chet tillarni o‘rganishni ommaviylashtirishga yo‘naltirilgan maxsus interaktiv veb-loyihalar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda uzluksiz ta’lim tizimi uchun ishlab chiqilayotgan chet tillar bo‘yicha yangi avlod o‘quv rejalari va dasturlari, darsliklar va o‘quv-metodik majmualar, chet tili o‘qituvchilari uchun o‘quv qo‘llanmalarining, zaruriyat bo‘lganda, xalqaro maslahatchilar ishtirokida yetakchi o‘qituvchilar va muallimlar o‘rtasida eksperiment tartibida sinovdan o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek boshqa mualliflar jamoalari va ta’limning tegishli turi mutaxassislari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan birgalikda 2014-yil 1-yanvargacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni asosan xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda ma’lumot olgan hamda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida katta ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan butlashni, darsliklar va o‘qitishning multimedia vositalari ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda uning faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda chet tillarni o‘qitish sohasida Markaz faoliyati doirasida hamkorlik va tajriba almashish borasida xalqaro ekspertlar va maslahatchilar jalb etilishi masalasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga zamonaviy kompyuterlar va multimedia asbob-uskunalari, mebel va inventarlar, shuningdek o‘qitishning boshqa vositalari, shu jumladan o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Markazni va uning mutaxassislarini chet tillar bo‘yicha ishlab chiqilayotgan darsliklarni, eng avvalo, umumta’lim maktablarining 1 — 4-sinflari uchun darsliklarni yaratish, ekspertizadan va sinovdan o‘tkazishga jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Markaz oliy ta’lim muassasalarining, eng avvalo, ixtisosli oliy ta’lim muassasalarining, xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi boshqaruvining hududiy organlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari va metodistlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning tarmoq markazi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi malaka oshirish tartibini, shuningdek 2014 — 2016-yillar davrida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarning malakasini oshirish jadvalini ikki oy muddatda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning joriy ta’minoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha Markazga ajratiladigan grant mablag‘lari;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari, grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini tasdiqlasin, Markazning ilmiy va rahbar xodimlari lavozim maoshlarini budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Markazning ustaviga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, G-9a, 21-uy manzili bo‘yicha nul stavkali ijara to‘lovi bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining binosiga joylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublikaning oliy ta’lim muassasalariga tillarni o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini, chet tillarni o‘rganishning ilg‘or pedagogika texnologiyalarini amalda joriy etish uchun Markazning mutaxassislari va ekspertlarini mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari bilan jalb etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ta’minotiga zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni 2014-yildan boshlab “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga bitta xizmat yengil avtomobilini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 51-son, 666-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)