Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998-yil 26-martda Toshkent shahrida imzolangan Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirishning umumiy prinsiplari toʻgʻrisida Bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosarlari, tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 2-iyul,
276-son