Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
1998-yil 17-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimi;
1998-yil 17-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belgiya Qirolligi oʻrtasida daromad va kapital soliqlari boʻyicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha Qoʻshimcha Protokol.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilovga mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-iyul,
308-son