Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.11.1996 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil paxta hosili uchun qishloq xo‘jaligini fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil paxta hosili uchun qishloq xo‘jaligini shudgorlash va ekish oldi davrida fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi qishloq xo‘jaligi korxonalariga paxta dalalariga solish uchun shudgorlash va ekish oldi davrida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 103 ming tonna fosforli va 175 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar yetkazib berish jadvalini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsuloti qaytarib beriladigan xom ashyodan respublikada ishlab chiqarilgan 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 62 ming tonna fosforli o‘g‘itlarni “Fostreyd” (“Qoratov” AJ) firmasidan xarid qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasidan 1996-yil dekabr oyida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 25 ming tonna va 1997-yil yanvar — aprel oylarida 150 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarni yetkazib berishni kelishib olsin va ular yuzasidan kontraktlar tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mahsuloti qaytarib beriladigan xom ashyodan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan hamda “Fostreyd” firmasidan O‘zbekiston Respublikasi boj chegarasidan o‘tkazilmay xarid qilinadigan fosforli o‘g‘itlar hajmi uchun “Fostreyd” firmasi bilan “O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksionerlik birlashmasi o‘rtasida tuzilgan kontraktlarda belgilangan narxlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalariga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ichki ishlar organlari ishtirokida joylarda mineral o‘g‘itlarning saqlanishini va maqsadga muvofiq foydalanilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mahsuloti qaytarib beriladigan xom ashyo shartlarida olib kelinadigan fosfor xom ashyosi, shuningdek kaliyli o‘g‘itlar uchun Davlat soliq qo‘mitasining 1996-yil 28-sentabrdagi 187-son buyrug‘i bilan belgilangan boj to‘lovlarini undirmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar “O‘zkimyosanoat” uyushmasi korxonalariga resurslar uzluksiz yetkazib berilishini va xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414-son