Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Saxalin aholisiga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1995-yil 27-mayda Saxalin orolida roʻy bergan tabiiy ofat — vayron qiluvchi kuchga ega boʻlgan zilzila munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Saxalinning zilziladan zarar koʻrgan aholisiga begʻaraz moddiy yordam koʻrsatish uchun Respublika valyuta fondi mablagʻlari hisobidan 100 ming AQSh dollari ajratsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki koʻrsatib oʻtilgan summani Respublika valyuta fondining 79470404-son “Xalq xoʻjaligi boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotidan Rossiya Federatsiyasi Tashqi savdo bankidagi 07604001-son “Saxalinga muruvvat yordami maxsus schyoti”ga oʻtkazsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-may,
193-son