Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2013-yil 22-apreldagi OʻRQ-350-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2013-yil 22-apreldagi OʻRQ-350-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-dekabr,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 327-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga “uy yon-atrofini” soʻzlaridan keyin “hovlisi hududini” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “amaldagi Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish va ularga moddiy yordam tayinlash va berish tartibiga muvofiq (Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qaroriga ilova)” soʻzlari “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq (Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga 1-ilova)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizomning 17-bandidagi “tayinlash” va “raisi” soʻzlari tegishli ravishda “tasdiqlash” va “kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-fevraldagi 39-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “Maʼmuriy komissiyalar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 20-banddagi “Maʼmuriy komissiyalar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 5-ilovadagi 050 kodli pozitsiya chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 654-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son)