Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-342-son Qonuni)
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-342-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 27-oktabrdagi 454-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-dekabr,
323-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlari qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda):
a) 1-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi oʻrinlarda “meʼyoriy hujjatlar” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak va ular rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan meʼyoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da rasman eʼlon qilinishi kerak”;
b) 2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
NIZOM”;
NIZOM”;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar (keyingi oʻrinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi”;
birinchi xatboshidagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning (keyingi oʻrinlarda “vazirliklar va idoralar” deb ataladi) meʼyoriy hujjatlarini” soʻzlari “Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda meʼyoriy hujjatlar deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qoʻmitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek umumiy majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruvi respublika organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi”;
birinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralarning” soʻzlari “vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidan “korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan meʼyoriy hujjatlari” soʻzlari “tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan meʼyoriy hujjatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Ushbu Nizomga muvofiq:
texnik reglamentlar;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar;
sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari;
shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“korrupsiya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi, tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida meʼyoriy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar shaklida qabul qilinadigan meʼyoriy hujjatlar va boshqa hujjatlar buyruqlar va qarorlar bilan tasdiqlanishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar va boshqalar), shuningdek yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlarga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar meʼyoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma boʻlgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi.
Meʼyoriy hujjat qoidalari loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Zaruriyat boʻlgan taqdirda meʼyoriy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilingan holda undan ayrim qoidalar takrorlanadi.
Meʼyoriy hujjatda, qoidaga koʻra, oldin vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Meʼyoriy hujjatlar matniga qonun hujjatlariga havolalar kiritishga faqat istisno hollarda yoʻl qoʻyiladi”;
sakkizinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralarning ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlariga” soʻzlari “vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “bitta meʼyoriy koʻrsatma” soʻzlari “bitta huquqiy norma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “shaklining” soʻzi “turining” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, ushbu organning muhri bilan tasdiqlangan imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi”;
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “chiqarish” soʻzi “qabul qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tayyorlangan meʼyoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan oʻtkaziladigan huquqiy ekspertizadan oʻtishi kerak”;
13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etgan hollarda, hujjatni koʻrib chiqish muddati 20 kungacha uzaytirilishi mumkin”;
14-banddagi “ekspertizadan oʻtkazishda” soʻzlari “huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning uchinchi xatboshidagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach” soʻzlari “rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin meʼyoriy hujjatning asl nusxasining bir nusxasi unga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, asl nusxaning bir nusxasi hisobga olish va eʼlon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qonun hujjatlari oʻzgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻz normativ hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Mazkur bandda va mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“19. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi oʻzgartirilgan taqdirda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunda belgilanadi.
20. Vazirliklar va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida, oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini taʼminlashlari shart.
Meʼyoriy hujjatlar matnlarining elektron versiyalari ularni qabul qilgan vazirliklar va idoralarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi kerak.
Belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va nashr etilishi (eʼlon qilinishi) kerak boʻlgan meʼyoriy hujjatlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga va rasmiy eʼlon qilingunga qadar bajarish uchun yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi shart.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan meʼyoriy hujjatlarning rasmiy sharhlash zarurligi toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror faqat u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin bajarish uchun yuboriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 197-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 26-modda):
“1. Belgilab qoʻyilsinki:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak va rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, kuchga kiradi;
fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli normativ hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da rasmiy eʼlon qilinishi kerak;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlari umumiy majburiy tusdagi huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emaslar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari:
umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarning ular qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilishini hamda keyinchalik normativ hujjatlarning barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini taʼminlasinlar;
umumiy majburiy tusdagi huquqiy normalarni normativ tusda boʻlmagan hujjatlarga kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarni ijro etish uchun joʻnatish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish hollariga yoʻl qoʻymasinlar.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarorlarining soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin”;
b) 3-banddagi “chiqarilishi” soʻzi “qabul qilinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “meʼyoriy” soʻzi “normativ-huquqiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida:
a) 28-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi”;
b) 76-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining normativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ular rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Yuridik xizmatlar xodimlarining ular ishlayotgan tashkilotlar tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilishi taqiqlanadi”;
b) 11-bandning “e” kichik bandidagi “(agar mavjud boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 27-bandda:
oʻzbek tilidagi matnning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “toʻxtatilishi” va “toʻxtatish” soʻzlari tegishli ravishda “tugatilishi” va “tugatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Yuridik xizmat xodimi unga berilgan yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish masalasini koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida ishtirok etishi mumkin. Majlis oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida yuridik xizmat xodimiga majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin xabar qilinadi.
Yuridik xizmat xodimining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashmasligi yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga toʻsqinlik qilmaydi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yuridik xizmat xodimiga uch kun mobaynida xabar qilinadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 650-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)