Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
AFRIKA, YEVROPA VA OSIYODAGI KOʻCHIB YURUVCHI SUV-BOTQOQ QUSHLARINI MUHOFAZA QILISH BOʻYICHA BITIMGA QOʻSHILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Afrika, Yevropa va Osiyodagi koʻchib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish boʻyicha bitimga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
577-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 27-modda)