Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.12.2004 yildagi 602-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakilligi moddiy-texnik bazasini yaxshilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakilligi moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakilligi tomonidan birja savdolarida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, U. Yusupov koʻchasi, 52 uyda joylashgan “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bino sotib olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushadigan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakilligi binosini rekonstruksiya qilish ishlariga 100 million soʻm ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushadigan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakilligi binosini rekonstruksiya qilish ishlariga belgilangan tartibda 100 million soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
602-son