Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTINING 2002-YIL 7-IYUNDA SANKT-PETERBURG SHAHRIDA (ROSSIYA FEDERATSIYASI) IMZOLANGAN XARTIYASIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDAGI BAYONNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Shanxay hamkorlik tashkilotining 2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Xartiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
572-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 22-modda)