Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest Interneshnl”, “Chartis Uzbekistan” sugʻurta kompaniyalarini va “AIG- “Oʻzbekinvest” agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
“AIG-Oʻzbekinvest” obunaviy agentligi xalqaro bozorda sugʻurta faoliyatini amalga oshirishni davom ettirishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “AIG-Oʻzbekinvest” obunaviy agentligi muassislari yigʻilishi tomonidan uning nomini “Chartis Uzbekinvest” deb oʻzgartirish va ustav sarmoyasini 500 ming AQSh dollaridan 200 ming AQSh dollarigacha kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi:
“AIG-Oʻzbekinvest” obunaviy agentligi ustaviga roʻyxatdan oʻtish mamlakati (Buyuk Britaniya) qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin;
“Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi ulushiga toʻgʻri keladigan 147 ming AQSh dollari miqdoridagi boʻshab qoladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta hisob raqamiga oʻtkazsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 26-avgust,
187-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-avgustdagi 187-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest Interneshnl”, “Chartis Uzbekistan” sugʻurta kompaniyalarini va “AIG-Oʻzbekinvest” agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Agentlik nomidagi “AIG-Oʻzbekinvest” soʻzi “Chartis Uzbekinvest” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) ustav sarmoyasi 200 ming AQSh dollarini, shu jumladan:
“Oʻzbekinvest” ulushi — 98 ming AQSh dollarini;
AIG ulushi — 102 ming AQSh dollarini tashkil etgan “Chartis Uzbekinvest” obunaviy agentligi”.
3. 2-bandning uchinchi xatboshidagi “AIG-Oʻzbekinvest” soʻzi “Chartis Uzbekinvest” soʻzlari bilan almashtirilsin.