Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazining foydalanilmayotgan binosini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga berish toʻgʻrisida
Toshkent shahridagi maʼmuriy binolar fondidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazining Toshkent shahar, A. Qodiriy koʻchasidagi foydalanilmayotgan binosini tegishli hududi bilan birgalikda Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga bepul topshirsin.
2. Toshkent shahar hokimligi ushbu binoni tegishli hududi bilan birgalikda qabul qilib olsin hamda undan samarali foydalanish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazining moddiy-texnika bazasini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-avgustdagi 160-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-iyun,
135-son