Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-sonli “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-noyabr,
PQ-2071-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ–2071-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-son qarorida:
a) 1-ilovada:
1-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jurnalning taʼsischilari boʻlib Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti hisoblanadi. Jurnal har chorakda bir marta oʻzbek, rus va ingliz tillarida 15 ming nusxada nashr etiladi”;
5-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jurnalning taʼsischisi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hisoblanadi. Jurnal yiliga 6-marta oʻzbek va rus tillarida 2,5 ming nusxada nashr etiladi”.
b) 2-ilovada:
1-bandning “Jurnallarning bosh taʼsischilari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, SMTI, DBA, TDYU, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti”;
5-bandning “Jurnallarning bosh taʼsischilari” ustunidagi “Advokatlar assotsiatsiyasi” degan soʻzlar “Advokatlar palatasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2007-yil 22-maydagi PQ–641-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshisida “instituti” degan soʻz “universiteti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2012-yil 28-maydagi PQ–1761-son qarori 2-ilovasining 32-bandida “instituti” degan soʻz “universiteti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 616-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)