Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014-yil Dasturi toʻgʻrisida
Qishloq aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada yaxshilash, namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish, qishloq joylarda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Qishloq qurilish bank” OATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi boʻyicha 2014-yil dasturi maʼqullansin, unda:
1-ilovaga muvofiq 2014-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha “kaliti bilan topshirish” sharti asosida 11,0 mingta yakka tartibdagi uy-joylar qurishning;
2-ilovaga muvofiq 2014-yilda yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini barpo etishning;
3-ilovaga muvofiq 2014-yilda yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurishning asosiy parametrlari nazarda tutilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, “Qishloq qurilish invest” IK, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari rahbarlari zimmasiga mazkur qaror bilan maʼqullangan Dastur parametrlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2014-yilda qishloq joylarda uy-joylar qurilishiga Osiyo taraqqiyot bankining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining koʻp transhli moliyalashtirish dasturi doirasida jami 500,0 mln. AQSH dollari miqdorida boʻlgan ikkinchi transhning 100,0 mln.AQSH dollari miqdoridagi qismi yoʻnaltiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Qishloq qurilish bank” OATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIBlar uchun qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini moliyalashtirish uchun, milliy valyutada foiz stavkasi yiliga 3 foiz, imtiyozli davri 5 yil boʻlgan 15 yil muddatga kredit liniyalarini ochsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslangan hisob- kitoblariga binoan 2014-yilda massiv ichidagi va massivga olib boruvchi yoʻllar qurilishi uchun zarur kapital qoʻyilmalar limitlari ajratilishini nazarda tutsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
2013-yilning 1-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda 2014-yilda namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini;
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir hafta muddatda, oʻtkazilgan savdo tanlovlari natijalariga koʻra, 2014-yilda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini;
2 va 3-ilovalarda maʼqullangan parametrlarga muvofiq yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari, transport kommunikatsiyalari hamda tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishini tashkil etishni taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Oʻzsanoatmashimpeks” DATK tomonidan “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan yogʻoch-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yogʻoch-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni 4-ilovaga muvofiq hajmlarda import boʻyicha olib kelinishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
6. 2015-yilning 1-yanvarigacha:
“Oʻzsanoatmashimpeks” DATK — 4-ilovaga muvofiq hajmlarda chetdan olib kiriladigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), shuningdek import boʻyicha olib kelingan yogʻoch-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalarni va yogʻoch- payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasiga sotilganida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
subpudrat tashkilotlari — yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurish doirasida, “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi qismida yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
5-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar — barcha turdagi soliqlardan, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga (yagona ijtimoiy soliq bundan mustasno) toʻlanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yogʻoch-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yogʻoch-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalar, shuningdek qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun 5-ilovaga kiritilgan korxonalarda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining maqsadli ishlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatilgan qurilish materiallari maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, soliq va boj imtiyozlari berilishi munosabati bilan ozod etilgan mablagʻlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirib olinadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi va manfaatdor tijorat banklari, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa tashkilotlar ishtirokida qishloq qiyofasini tubdan yaxshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish boʻyicha telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar turkumini hamda maqolalar chop etilishini tashkil qilishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-noyabr,
PQ-2068-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-noyabrdagi PQ-2068-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-noyabrdagi PQ-2068-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-sonli qarorining 3-bandi birinchi xatboshida “2014-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari “2016-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-sonli qarorining 4-bandida:
a) uchinchi xatboshida “uy-joy qurilishi uchun” soʻzidan keyin “2014-yilgacha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2014-yildan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun jismoniy shaxslarga kredit mablagʻlari 15 yilgacha boʻlgan muddatga eng kam ish haqining 1000 barobarigacha boʻlgan miqdorda, 1 yillik imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 10 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foiz stavkasining 90 foizi (2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foiz stavkasi)dan kelib chiqib oʻrtacha hisoblangan yillik foiz stavkasida ajratiladi”;
v) toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-sonli qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi 2016-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliq toʻlovlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilsin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil Dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “kredit liniyalari” soʻzlaridan keyin “15 yil muddatga, shundan 5 yillik imtiyozli muddat, foizli stavkasi yiliga 3 foiz” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 615-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2015-y., 1-son, 1-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)