Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 19.11.2013 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjat 08.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yoʻl transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yoʻl transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi, vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-noyabrdagi 310-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarni hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish huquqini beradigan ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq sxema va shakl boʻyicha xulosa (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Transport vazirligi) tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — xulosa olish uchun hujjatlarni Transport vazirligiga taqdim etadigan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti obyekti (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) — foydalanilayotgan temir yoʻl infratuzilmasi (temir yoʻl infratuzilmasining uchastkalari); temir yoʻl infratuzilmasining tarkibiy qismlari (yoʻllar, temir yoʻl elektr taʼminoti, boshqarish, nazorat qilish, signalizatsiya va aloqa, stansiya kichik tizimlari); tashkil etilgan temir yoʻl harakat tarkibi va uning tarkibiy qismlari (poyezdlar, monyovrli tarkiblar, tirkamalarning kichik tizimlari); umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti, egalari jismoniy shaxslar hisoblanadigan idoraviy temir yoʻl kirish yoʻllari hamda va temir yoʻl kirish yoʻllari, shuningdek texnologik temir yoʻl transporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti mahsuloti (keyingi oʻrinlarda mahsulot deb ataladi) — temir yoʻl transporti uchun yangidan tayyorlanadigan mahsulotlar: temir yoʻl harakat tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari, shuningdek temir yoʻl transporti infratuzilmasi kichik tizimlarining tarkibiy qismlari elementlari yoki uning kichik tizimlari tarkibiy qismlari elementlarining yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti texnologiyasi (keyingi oʻrinlarda texnologiya deb ataladi) — temir yoʻl transporti sohasida foydalaniladigan metodlar va jarayonlar yigʻindisi, shuningdek temir yoʻl transporti mahsulotini tayyorlashga, unga xizmat koʻrsatishga, uni taʼmirlashga va (yoki) undan foydalanishga yoʻnaltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar, operatsiyalar va usullar kompleksini oʻz ichiga oladigan texnik ishlab chiqarish usullarining ilmiy tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza — loyihalar hujjatlarini va obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlari hujjatlarini ularning temir yoʻl transporti sohasidagi talablarga muvofiqligi yuzasidan Transport vazirligi tomonidan koʻrib chiqish. Ekspertizani amalga oshirish davomida taqdim etilgan hujjatlarning va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi aniqlanadi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xulosa 5 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza beruvchi tomonidan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi talablari va normalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik asbob-uskunalarning, moslamalar va instrumentlarning, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning temir yoʻl transportida belgilangan talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini xulosada koʻrsatilgan doirada amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligini xabardor qilish.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xulosa olish uchun ariza beruvchi Transport vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza; ushbu Nizomning 3-ilovasiga* muvofiq shakl boʻyicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalari hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbariyati tomonidan belgilangan tashkilotning ichki nazorati boʻyicha ariza beruvchining talablari keltirilgan holda, temir yoʻl transporti sohasidagi ishlarni bajarish uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan, temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiriladigan ishlarni bajarish texnologiyasi (temir yoʻl harakat tarkibining xizmat muddatini uzaytirish uchun texnik diagnostika metodikasi).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga bevosita, ularning olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xulosa olish uchun Transport vazirligiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat Transport vazirligi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgi bilan ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arizani koʻrib chiqish va xulosa berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport vazirligi arizani koʻrib chiqadi, loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ekspertizadan oʻtkazadi, soʻngra ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda xulosa beradi yoki xulosa berishni rad etadi. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar Transport vazirligi ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga xulosani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat oʻtgach ariza beruvchi, bu toʻgʻrida Transport vazirligini yozma ravishda xabardor qilgan holda, oʻzi amalga oshirish uchun xulosa olmoqchi boʻlgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda, Transport vazirligi ariza beruvchining yozma shakldagi xabarnomasini olgach, besh ish kuni mobaynida unga xulosa berishi shart. Xulosa olingungacha, qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan holdagi taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati hamda ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga yuborilgan xabarnoma xulosaga tenglashtiriladi hamda loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vazirining oʻrinbosari Transport vazirligining litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni berish boshqarmasining mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ushbu Nizomga 4-ilovaga* binoan shakl boʻyicha muvofiqlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida xulosani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vaziri oʻrinbosarining imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vazirligi ariza beruvchiga xulosani beradi (yuboradi) yoki uni tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xulosa berishning rad etilgani toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi. Xulosa berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xulosa berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berishning boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xulosa berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat xulosa berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, xulosa berish yoki uni berishni rad etish Transport vazirligi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisida ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining Transport vazirligi tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq holdagi rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xulosa berishining rad etilgani toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ariza beruvchi bergan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va Transport vazirligi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi xulosa berishning rad etilgani, shuningdek Transport vazirligi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) toʻgʻrisida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xulosani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta rasmiylashtirishdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligiga, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida xulosaga ega boʻlgan ariza beruvchilar qoʻshib yuborilgan taqdirda, xulosani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosadagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, xulosa ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xulosa qayta rasmiylashtirilgungacha xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan yoki uning huquqiy vorisi xulosada koʻrsatilgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ariza qabul qilib olingan sanasi Transport vazirligi tomonidan koʻrsatilgan holdagi xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida amalga oshiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xulosani qayta rasmiylashtirishda Transport vazirligi berilgan xulosalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Xulosalarni qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza Transport vazirligi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xulosani qayta rasmiylashtirilganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Arizaning amal qilish muddati tugagach u ariza beruvchining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizaTransport vazirligiga xulosaning amal qilish muddati oʻtgungacha berilishi kerak. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xulosa yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda ariza beruvchining arizasi boʻyicha xulosaning dublikati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Transport vazirligi xulosa dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelganda xulosaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda berishi (yuborishi) shart. Xulosa dublikati berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Xulosaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, toʻxtatish va xulosani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xulosaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, toʻxtatish va xulosani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar xulosaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishlardan bosh tortish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular yuzasidan xulosa berilgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining aniq xavfini tugʻdirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Berilgan xulosalarning reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transport vazirligi berilgan xulosalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Berilgan xulosalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosaning amal qilish muddatini toʻxtatishning asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosani bekor qilishning asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa dublikatini berishning asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-noyabrdagi 310-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom amalga oshirilgan kelishish natijalari boʻyicha muayyan muddatga, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq sxema va shakl boʻyicha harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish huquqini beruvchi guvohnomani (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) berish uchun tashkilotlarning lokomotivlari, yuk va izotermik vagonlarining (keyingi oʻrinlarda harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi deb ataladi) xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Transport vazirligi) bilan kelishish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — xizmat qilish muddati tamom boʻlgan yoki tamom boʻlayotgan oʻzining harakatlanadigan temir yoʻl tarkibiga ega boʻlgan, Transport vazirligiga guvohnoma olish uchun hujjatlarni taqdim etuvchi tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddati — belgilangan xalqaro normalarga va ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq tayyorlovchi zavod tomonidan nazarda tutilgan, unga erishilganda harakatlanadigan temir yoʻl tarkibidan foydalanish, texnik holatidan qatʼi nazar, toʻxtatilishi kerak boʻlgan foydalanishning kalendar davom etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddati — harakatlanadigan temir yoʻl tarkibidan foydalanish boshlangandan boshlab foydalanishning kalendar davom etishi yoki cheklangan holatga oʻtgunga qadar taʼmirlashdan keyin uning tiklanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot — harakatlanadigan temir yoʻl tarkibiga texnik tashxis qoʻyish boʻyicha ishlarni bajarish vakolati berilgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik yechim — maxsus ekspert tashkiloti tomonidan berilgan, ariza beruvchi bilan kelishilgan hamda texnik asos va harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddatini uzaytirish shartlari mavjud boʻlgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guvohnomaning amal qilish muddati — harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishini uzaytirish muddatiga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining yangi muddatini hisoblash guvohnoma berilgan sanadan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat muddatini uzaytirishda quyidagilar ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishda qonunchilikka majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomada koʻrsatilgan doiralarda lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin ariza beruvchining nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligini xabardor qilish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Guvohnomani olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi Transport vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha quyidagilar: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xizmat qilish muddatini uzaytirish taklif etilayotgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining soni va tipi (seriyasi) koʻrsatilgan holda guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 5-ilovaga* (lokomotivlar uchun), 6-ilovaga* (vagonlar uchun) muvofiq shakllar boʻyicha ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi texnik yechim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga bevosita, ular olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Guvohnoma olish uchun Transport vazirligiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va roʻyxat Transport vazirligi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arizani koʻrib chiqish va guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transport vazirligi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilish sanasidan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, shu jumladan ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan arizani koʻrib chiqish muddatida arizani koʻrib chiqadi, guvohnomani beradi yoki uni berishni rad etadi. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar Transport vazirligi ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga guvohnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi bu haqda Transport vazirligini yozma ravishda xabardor qilgan holda texnik yechimda koʻrsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish huquqiga ega boʻladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Transport vazirligi ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga guvohnoma berishi shart. Guvohnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning roʻyxati ular qabul qilingan sana toʻgʻrisida qoʻyilgan belgi va ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda guvohnomaga tenglashtiriladi va texnik yechimda koʻrsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish uchun asos hisoblanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vazirining oʻrinbosari Transport vazirligining litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni berish boshqarmasining mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha muvofiqlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida guvohnomani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Transport vazirining oʻrinbosari imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Transport vazirligi tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda uni xabardor qiladi. Guvohnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Guvohnomani berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan xulosa berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Guvohnomani berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etishning sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi tomonidan guvohnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish Transport vazirligi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Transport vazirligi tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Guvohnomani berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va Transport vazirligi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi guvohnomani berish rad etilishi, shuningdek Transport vazirligi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Guvohnomani berishda Transport vazirligi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining oʻzaro hamkorligi tartibi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Transport vazirligi guvohnomani berishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Bir oyna” boʻyicha guvohnomani berishda Transport vazirligi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻzaro hamkorligi ayirboshlash vositasida, shu jumladan elektron pochta, guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni ayirboshlash orqali amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Transport vazirligidan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida hujjatlarni koʻrib chiqishi va texnik yechimni kelishishi yoxud Transport vazirligiga asoslangan yozma mulohazalar va takliflarni taqdim etishi shart.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Transport vazirligiga ariza berishi shart.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida guvohnomaga ega boʻlgan ariza beruvchilar qoʻshib yuborilgan taqdirda, guvohnomani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomadagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, guvohnoma ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar Transport vazirligiga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan tartibda taqdim etiladi.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida Transport vazirligining belgisi bilan birgalikda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida guvohnomada koʻrsatilgan lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda Transport vazirligi berilgan guvohnomalar reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza Transport vazirligi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach u ariza beruvchining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Transport vazirligiga guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar berilishi kerak. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga koʻra unga guvohnomaning dublikati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Transport vazirligi guvohnomaning dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelgan taqdirda guvohnomaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beradi (yuboradi). Guvohnomaning dublikati berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, guvohnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quyidagilar guvohnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻluvchi ruxsat berish talablari va shartlari bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishlidir:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etishni tekshirishdan bosh tortish;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfi yaratilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Berilgan guvohnomalar reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Transport vazirligi berilgan guvohnomalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Berilgan guvohnomalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma dublikatini berishning asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot xizmat qilish muddatini uzaytirishga taqdim etilgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining oʻtkazilgan texnik tashxisi xolisligi, ishonchliligi, asoslanganligi, toʻliqligi, tayinlangan taʼmirlashning turi va hajmi hamda texnik yechim bilan belgilangan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi xizmat qilishining yangi muddati toʻgʻri tanlanganligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 617-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)