Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2526]
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
95-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 95-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) (bundan keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 9-son, 497-modda) muvofiq soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur standart bilan tartibga solinmagan munosabatlar qonunchilik hujjatlari, shuningdek taraflar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2. Mazkur standart quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
bir martalik (bir yoʻla) xizmat koʻrsatish shartnomalari boʻyicha soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga;
soliq maslahatchilarining jinoiy ishni koʻrib chiqish vaqtida ishtirok etishiga.
3. Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishga soliq maslahati boʻyicha xizmatlar shartnoma asosida koʻrsatiladi.
4. Xizmatlar koʻrsatishda soliq maslahatchilari tashkiloti mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab oʻz ixtiyoriga koʻra harakat qiladi, bundan mazkur standartga yoxud tuzilgan shartnomaga muvofiq harakatlarni mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan kelishish talab etiladigan hollar mustasno.
II bob. Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish uchun soliq maslahati boʻyicha xizmatlar
5. Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish uchun soliq maslahati boʻyicha xizmatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
soliq tekshiruvi materiallari, ularni koʻrib chiqish tartibi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organi qarorining qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
davlat soliq xizmati organining qarori ustidan shikoyat qilish uchun huquqiy nuqtai nazarni ishlab chiqish;
mijozning (ishonch bildiruvchining) nuqtai nazarini tasdiqlovchi hujjatlarni yigʻish;
davlat soliq xizmati organining qarori ustidan yuqori davlat soliq xizmati organiga shikoyat tayyorlash va berish;
davlat soliq xizmati organining qarori ustidan shikoyat koʻrib chiqilayotganda yuqori davlat soliq xizmati organlarida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish.
6. Mazkur standartga muvofiq xizmatlar koʻrsatadigan soliq maslahatchilari tashkiloti mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqqa oid nizo boʻyicha barcha vaziyatlar va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni tushuntiradi.
7. Soliq maslahatchilari tashkiloti soliqqa oid nizo boʻyicha oʻz nuqtai nazarini va koʻzda tutilayotgan xatti-harakatlarni mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan kelishadi.
8. Soliq maslahatchilari tashkiloti soliqqa oid nizoni hal etish boʻyicha ishtirok etish uchun mijozning (ishonch bildiruvchining) vakolatli vakillarini, shuningdek mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan uchinchi shaxslarni jalb etishga haqli.
III bob. Sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishda soliq maslahati boʻyicha xizmatlar
9. Agar soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomada sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish nazarda tutilgan boʻlsa, davlat soliq xizmati organining qarori ustidan yuqori davlat soliq xizmati organiga berilgan shikoyat qanoatlantirmay qoldirilgan taqdirda, alohida shartnoma tuzish talab qilinmaydi.
Bunda soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma, shuningdek standartning mazkur bobida belgilangan talablarga ham javob berishi kerak.
10. Sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishda soliq maslahati boʻyicha xizmatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
soliq tekshiruvi materiallari, ularni koʻrib chiqish tartibi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organi qarorining qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
shikoyat qilish uchun huquqiy nuqtai nazarni ishlab chiqish va davlat soliq xizmati organining qarori ustidan sudga shikoyat qilish;
mijozning (ishonch bildiruvchining) nuqtai nazarini tasdiqlovchi hujjatlarni yigʻish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organining qarori ustidan sudga daʼvo kiritish va sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish.
11. Agar bir shartnomada soliqqa oid nizoni sudgacha hal etish vaqtida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishga xizmatlar koʻrsatish nazarda tutilgan boʻlsa va yuqori davlat soliq xizmati organiga berilgan shikoyat qanoatlantirmay qoldirilgan taqdirda qoʻshimcha tahlil, huquqiy nuqtai nazarni ishlab chiqish va hujjatlar yigʻish talab etilmaydi. Biroq shartnomada oldin tayyorlangan hujjatlarga aniqliklar va qoʻshimchalar kiritilishi zarurligi nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq berilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur standartga muvofiq xizmatlarni koʻrsatish uchun soliq maslahatchilari tashkiloti sudda isbot sifatida mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan u taqdim etgan hujjatlardan, qonunchilik hujjatlaridan, vakolatli organlarning tushuntirishlaridan va boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
14. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomada va ishonchnomada belgilab berilgan barcha sud instansiyalarida ishtirok etadi.
IV bob. Soliq maslahatchilari tashkilotining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Soliq maslahatchilari tashkiloti soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishga xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida mijozga (ishonch bildiruvchiga) zarar yetkazganligi uchun javobgar boʻladi. Mijozga (ishonch bildiruvchiga) yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16. Soliq maslahatchilari tashkiloti koʻrsatilgan xizmat oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydi, agarda bunday oqibatlar mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan boʻlsa.
V bob. Yakuniy qoida
17. Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
2013-yil 11-oktabr
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
2013-yil 11-oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 11-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 620-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 05.02.2024-y., 10/24/2526-1/0096-son)