12.11.2013 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.11.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirka kislotasini chakana sotish va isteʼmol qilishda xavfsizlik talablarini taʼminlash, fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sirka kislotasiga amaldagi standartlarni qayta koʻrib chiqsin hamda oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshiladigan sirka kislotasining cheklangan konsentratsiyasi boʻyicha yagona talablarni belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda chakana savdo tarmogʻidagi oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshiladigan 10 foizdan ortiq konsentratsiyali sirka kislotasi sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotni olib qoʻyish boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ushbu qaror talablarini savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalariga yetkazsinlar, shuningdek aholini ulardan belgilangan tartibda xabardor qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-noyabrdagi 306-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 471-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“471. Oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshiladigan 10 foizdan ortiq konsentratsiyali sirka kislotasini chakana savdoda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 70-banddagi “uksus” soʻzi “oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshiladigan 10 foizdan ortiq boʻlmagan konsentratsiyali sirka kislotasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 602-modda)