Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan hamda ayrim maʼmuriy-hududiy birliklar birlashganligi va nomi oʻzgarganligi munosabati bilan:
1. Quyidagi sudlar tugatilsin:
jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati Asaka shahar sudi;
jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Bandixon tuman sudi;
jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Ohangaron shahar sudi;
jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar sudi.
2. Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati Asaka shahar sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati Asaka tuman sudining sudyalari;
jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Bandixon tuman sudining raisi jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudining sudyasi;
jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Ohangaron shahar sudining raisi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Ohangaron tuman sudining sudyasi;
jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tuman sudining sudyalari deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M. Toxiriy zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-yanvar,
PF-4263-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-yanvardagi PF-4263-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-ilovada:
a) “Andijon viloyati” boʻlimidan “Asaka shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) “Surxondaryo viloyati” boʻlimidan “Bandixon” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) “Toshkent viloyati” boʻlimidan “Yangiyoʻl shahar” va “Ohangaron shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) “Toshkent shahri” boʻlimidagi “Sobir Rahimov” soʻzlari “Olmazor” soʻziga almashtirilsin.
2. 7-ilovada:
a) “Andijon viloyati” boʻlimidan “Asaka shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) “Surxondaryo viloyati” boʻlimidan “Bandixon” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) “Toshkent viloyati” boʻlimidan “Ohangaron shahar” va “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) “Toshkent shahri” boʻlimidagi “Sobir Rahimov” soʻzlari “Olmazor” soʻzlariga almashtirilsin.