Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2014 30.08.1996 yildagi 282-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 51-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 9-dekabrda qabul qilgan Qarorning O‘zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlashga doir qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 31-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1996-yil 30-avgustdagi 282-I-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom prokuror-tergov xodimlarining, shuningdek prokuraturaga qarashli o‘quv, ilmiy va boshqa muassasalarning xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo choralari qo‘llash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. RAG‘BATLANTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Prokuror-tergov xodimlari, shuningdek prokuraturaga qarashli o‘quv, ilmiy va boshqa muassasalarning xodimlari o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganligi, tashabbuskorligi va ishdagi epchilligi uchun rag‘batlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Rag‘batlantirishning quyidagi turlari mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashakkurnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mukofoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovg‘a;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho sovg‘a;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddat tugamasdan navbatdagi darajali unvon berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining xodimlari mehnatdagi alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rag‘batlantirish quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashakkurnoma e’lon qilish, pul mukofoti hamda sovg‘a berish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho sovg‘a bilan mukofotlash, belgilangan muddat tugamasdan navbatdagi darajali unvon berish, “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash va O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan prokuratura organlarining xodimlarini rag‘batlantirish haqida yuqori turuvchi prokurorga tavsiyanomalarni tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Rag‘batlantirish buyruq bilan e’lon qilinadi. Rag‘batlantirish haqidagi buyruq mazkur prokuratura xodimlariga, zarur hollarda barcha prokuror-tergovchi xodimlarga e’lon qilinadi. Rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy ish jildiga tikib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. INTIZOMIY JAZO
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Prokuror-tergov xodimlariga, shuningdek prokuraturaga qarashli o‘quv, ilmiy va boshqa muassasalarning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo o‘z xizmat vazifasini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud prokuratura xodimi degan nomga dog‘ tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Intizomiy jazoning quyidagi turlari mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayfsan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rtacha oylik ish haqining 40 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishga quyidagilar kiradi, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarsiz progul qilish (shu jumladan ish kuni davomida ishda uch soatdan ortiq bo‘lmaslik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mast holda ishga kelish, shuningdek ish joyida spirtli ichimliklar ichish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat lavozimini suiiste’mol qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga xilof ekanligini bila turib, shaxsni javobgarlikka tortish, ushlab turish yoki hibsga olish, ko‘rsatma berishga majbur qilish, shuningdek boshqa jinoiy qilmish yoki nojo‘ya xatti-harakat sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari prokuror-tergov xodimlarining qasamyodini buzish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori barcha intizomiy jazo turlarini qo‘llash huquqiga ega, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadigan shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bundan mustasno. Bunday hollarda Bosh prokuror tegishli taqdimnoma bilan O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar o‘zlariga bo‘ysunuvchi xodimlarga ushbu Nizomning 6-moddasida nazarda tutilgan hayfsan va jarima tarzidagi intizomiy jazo turlarini qo‘llash mumkin. Bundan tashqari, ular o‘z vakolatlari doirasida ishga qabul qilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan boshqa prokurorlar o‘zlariga bo‘ysunadigan prokuror-tergov xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish haqida yuqori turuvchi prokurorga taqdimnoma kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Prokuror intizomiy jazo qo‘llash masalasini hal etayotganda sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan o‘zi o‘rganib chiqishi shart. Zarur hollarda xizmat tekshiruvi tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tgandan, xizmat tekshiruvi natijasida aniqlanganda esa, — sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo buyruq tarzida berilib, xodimga tilxat olib e’lon qilinadi va buyruq nusxasi uning shaxsiy ish jildiga tikib qo‘yiladi. Intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruq mazkur prokuratura xodimlariga, zarur hollarda barcha prokuror-tergov xodimlariga ham e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuqori turuvchi prokuror o‘z qarorini buyruqda asoslagan holda jazoni bekor qilish, kuchaytirish yoki yengillashtirish huquqiga ega. Agar intizomiy jazo sifatida mehnat shartnomasini bekor qilish qo‘llangan bo‘lsa, yuqori turuvchi prokuror mehnat shartnomasi bekor qilinganligini asossiz deb topib, jazolangan xodimini avvalgi ishiga qayta tiklash va mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab, majburiy ishlamagan vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash haqida qaror chiqaradi, biroq bunday haq to‘lash muddati bir oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xodim intizomiy jazo qo‘llanganidan keyin bir yil ichida qayta intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim o‘z xizmat vazifasini bajarishda halollik ko‘rsatsa, jazo qo‘llagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror intizomiy jazoni muddatidan ilgari bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish qo‘llanilmaydi. Intizomiy jazoning mavjudligi xodimning lavozimga ko‘tarilishida ham to‘siq bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Prokuror intizomiy jazo qo‘llash borasida o‘ziga berilgan vakolat doirasidan chiqsa yoki vakolatini yetarli darajada qo‘llamasa, yuqori turuvchi prokuror oldida javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xodimga qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi ustidan shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat intizomiy jazo berish to‘g‘risida buyruq chiqargan prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuroriga xodimga intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida buyruq e’lon qilinganidan keyin ikki hafta ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida buyruq chiqargan prokuror yoki O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori shikoyat bo‘yicha u tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida, qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish lozim bo‘lgan hollarda esa, bir oydan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat berilishi intizomiy jazoning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori o‘ziga bo‘ysunadigan prokurorlar tomonidan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llashning asosliligi va qonuniyligini nazorat qilib boradi hamda asossiz va noqonuniy buyruqlarni bekor qilish choralarini ko‘radi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 145-modda)