Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi hamda sudlar amaliyotida qonunchilikni toʻgʻri va bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 2-bandidan “yoki uni haqiqiy emas deb topish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 25-bandining birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 25-bandining ikkinchi xatboshisidagi “farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
g) 26-bandining 1 va 2-xatboshilari, 27, 28-bandlaridagi “xalq taʼlimi boʻlimi”, “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining”, “xalq taʼlimi boʻlimining” “xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan” soʻzlari tegishlicha “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi”, “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. MUSTAFAYEV
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A. USMANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-sentabr,
19-son