Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 22.08.2013 yildagi 662-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Hujjat 22.08.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan va Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2013-yil 3-iyuldagi 01/14-422, № 47 va B.Yu/03-04-06/182-1-sonli xatiga asosan Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 12-iyundagi № 02/02-1-74 sonli topshirigʻini bajarish maqsadida “Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qarori 1-ilovasidagi alohida shartlar qismi quyidagi 3-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“***Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 12-iyundagi № 02/02-1-74 sonli topshirigʻiga asosan Mudofaa vazirligi sport zali Oʻzbekiston Respublikasi basketbol federatsiyasining yozma murojaatiga asosan ijaraga berilishida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining nol stavkalari qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishi nazorati Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.S. Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim R. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
662-son