23.10.2013 yildagi O‘RQ-356-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Garov reyestri toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 19-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi garov reyestrini yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonunchilik
Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov reyestri toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
garov reyestri — qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida berib qoʻygan mol-mulkiga qonunda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishini taʼminlashi bilan bogʻliq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning yagona axborot bazasi;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
kreditor — qarzdordan oʻzining majburiyatlari bajarilishini talab qilish, majburiyatlar bajarilmagan hollarda esa — majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida berib qoʻyilgan qarzdorning mol-mulki yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi hisobiga oʻz talablarining imtiyozli ravishda qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasini sotib olgan moliya agenti;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
qarzdor — kreditor foydasiga mol-mulkni yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pulni toʻlash yoki buzilishi kreditorning majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida qarzdor berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga undiruvni qaratishga boʻlgan imtiyozli huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan boshqa majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq harakatni sodir etishi shart boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
(3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
foydalanuvchilar — garov reyestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reyestriga yozuv kiritish huquqiga ega boʻlgan kreditor, qarzdor yoki pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs (bundan buyon matnda pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs deb yuritiladi) sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonunga muvofiq mol-mulkni yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qoʻyish huquqiga ega boʻlgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami — garov reyestriga kiritilgan yozuvga beriladigan alohida roʻyxatdan oʻtkazish raqami.
4-modda. Garov reyestrini yuritish
Garov reyestrini yuritish yozuvlarni kiritish, oʻzgartirish va chiqarib tashlashni oʻz ichiga oladi.
Garov reyestrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida tashkil etiladigan garov reyestrini yurituvchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
5-modda. Garov reyestrini yurituvchi tashkilot vakolatlari
Garov reyestrini yurituvchi tashkilot:
murojaat etgan har bir yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuziladigan shartnoma asosida yozuv kiritish uchun garov reyestriga kirish, shuningdek undan real vaqt rejimida, shu jumladan Internet axborot tarmogʻi orqali foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestridan foydalanish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatadi;
murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslarga garov reyestriga yozuv kiritish oqibatlarini tushuntiradi;
garov reyestridagi axborotni qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami boʻyicha izlash imkoniyatini taʼminlaydi;
(5-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
foydalanuvchiga kiritilgan yozuv toʻgʻrisida elektron shaklda, zarur hollarda esa qogʻozda axborot taqdim etadi.
6-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Foydalanuvchilar:
garov reyestriga yozuvlar kiritishga va ularni oʻzgartirishga;
garov reyestridan yozuvlarni chiqarib tashlashga;
garov reyestridan koʻchirmalar olishga haqli.
Foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Foydalanuvchilar:
garov reyestriga xolis va ishonchli maʼlumotlar koʻrsatilgan yozuvlarni kiritishi;
garov reyestriga oʻzlari kiritgan yozuvlar muntazam ravishda yangilanib turilishini taʼminlashi shart.
Foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Garov reyestriga kiritiladigan yozuv
Garov reyestriga:
majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash (garov) vositasi sifatida qarzdorlar berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga nisbatan kreditorlarning huquqlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslardan, shu jumladan ushlab qolish, lizing, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash, tovarga boʻlgan mulk huquqini tovarning haqi toʻlangunga qadar sotuvchida (kreditorda) saqlab qolgan holda uni sotish, kelajakda muayyan hodisa yuz bergan taqdirda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish, toʻlovni kechiktirgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda tovarlarni olish-sotishdan yuzaga keladigan huquqlar toʻgʻrisidagi;
(8-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratish toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori toʻgʻrisidagi;
(8-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (servitut, mol-mulkni xatlash, bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish) toʻgʻrisidagi;
qarzdorning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlash toʻgʻrisidagi talablar toʻgʻrisidagi;
qarzdorning taʼminlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda yuzaga keladigan boshqa talablar toʻgʻrisidagi yozuv kiritiladi.
9-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish
Garov reyestriga yozuv kiritish foydalanuvchi tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.
Garov reyestriga kiritilayotgan yozuv quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs va kreditor toʻgʻrisidagi axborot (jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxslar uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami);
(9-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
qarzdorning mol-mulki, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi va kreditorning bu mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga boʻlgan huquqlari tavsifi, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi uchun esa — voz kechilgan pul talabnomasining tavsifi.
(9-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq kiritilgan yozuv uni kiritish vaqti va sanasi koʻrsatilgan hamda unga yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda avtomatik ravishda garov reyestrida qayd etiladi.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, garov reyestriga yozuvni kiritish vaqti va sanasi kreditorning qarzdor oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslardan oldin undiruvni qarzdorning mol-mulkiga shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratishga, boshqa talablarni qanoatlantirishga boʻlgan navbatini, imtiyozli huquqini aniqlash uchun asos boʻladi.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun haq undiriladi, uni undirish shartlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
10-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish shartlari
Kreditor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan yozuv kiritish qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi. Qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning roziligi qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning identifikatsiya maʼlumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi boʻlsa, oʻsha mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi koʻrsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtiriladi. Qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning yozma roziligi garov reyestridan yozuv chiqarib tashlanguniga qadar kreditorda saqlanishi kerak.
(10-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Sudning undiruvni qarzdorning mol-mulkiga yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori toʻgʻrisida yozuv kiritish yoxud kiritilgan yozuvdan mol-mulkning bir qismini chiqarib tashlash yoki undagi axborotni oʻzgartirish kreditor tomonidan qarzdorning roziligisiz amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Qarzdorning zimmasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar boʻlgan taqdirda, davlat soliq va bojxona xizmati organlari qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.
Tergov va surishtiruv organlari qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (mol-mulkni xatlash, bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish) toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilgan taqdirda, qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.
Agar qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs yozuvni noxolis va ishonchsiz deb hisoblasa va kreditor uni chiqarib tashlashni yoki oʻzgartirishni rad etsa, kiritilgan yozuvga doir eʼtirozlar qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan garov reyestriga kiritiladi.
(10-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
11-modda. Garov reyestridagi yozuvni oʻzgartirish
Garov reyestridagi yozuvga oʻzgartirish mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan qarzdorning mol-mulki almashtirilgan yoxud mol-mulki tarkibida oʻzgarishlar boʻlgan yoki qarzdorning oʻzi almashtirilgan, shuningdek sud qarori qonuniy kuchga kirgan hollarda kiritiladi.
Foydalanuvchi yozuvga oʻzgartirishlarni oʻz vaqtida kiritishi shart.
12-modda. Garov reyestridan yozuvni chiqarib tashlash
Garov reyestridan yozuvni chiqarib tashlash mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan kreditorning qarzdor mol-mulkiga boʻlgan huquqlari yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilingan, majburiyatlar bajarilgan taqdirda va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Foydalanuvchi garov reyestridan yozuvni oʻz vaqtida chiqarib tashlashi shart.
13-modda. Garov reyestridagi yozuvni izlash
Garov reyestridagi yozuvni izlash qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoxud jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami boʻyicha amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Garov reyestrini yurituvchi tashkilot yozuvlarni izlash natijalari boʻyicha elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda garov reyestridan koʻchirma taqdim etishi mumkin.
Garov reyestridan koʻchirma berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda haq undiriladi.
14-modda. Garov reyestri yozuvlarini saqlash va muhofaza qilish
Garov reyestri yozuvlarini saqlash va muhofaza qilish garov reyestrini yurituvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
15-modda. Nizolarni hal etish
Garov reyestrini yuritish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Garov reyestri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(17-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2014-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-oktabr,
OʻRQ–356-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 570-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Закон Республики Узбекистан
О залоговом реестре
Принят Законодательной палатой 19 июля 2013 года
Одобрен Сенатом 22 августа 2013 года
Статья 1. Цель настоящего Закона
Целью настоящего Закона является регулирование отношений в области ведения залогового реестра.
Статья 2. Законодательство о залоговом реестре
Законодательство о залоговом реестре состоит из настоящего Закона и иных актов законодательства.
Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены законодательством Республики Узбекистан о залоговом реестре, то применяются правила международного договора.
Статья 3. Основные понятия
В настоящем Законе применяются следующие основные понятия:
залоговый реестр — единая информационная база данных, содержащая записи о правах кредиторов на имущество праве аренды земельного участка в случаях, предусмотренных законом и договором аренды должников, предоставленное в качестве обеспечения исполнения обязательств, а также о наложенном в соответствии с законом ограничении прав должника по распоряжению имуществом и пользованию им и иных требованиях, связанных с обеспечением надлежащего исполнения должником своих обязательств (далее — записи);
(абзац второй статьи 3 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 октября 2023 года № ЗРУ-871 — Национальная база данных законодательства, 25.10.2023 г., № 03/23/871/0797)
кредитор — юридическое или физическое лицо, имеющее право требовать от должника исполнения его обязательств, а в случаях неисполнения обязательств — на преимущественное удовлетворение своих требований за счет имущества или права аренды земельного участка должника, предоставленного в качестве обеспечения исполнения обязательств, а также финансовый агент, приобретший денежное требование по договору финансирования под уступку денежного требования;
должник — юридическое или физическое лицо, обязанное совершить в пользу кредитора действие, связанное с передачей имущества или права аренды земельного участка, выполнением работ, оказанием услуг, уплатой денег или исполнением иных обязательств, нарушение которых влечет преимущественное право кредитора обращать взыскание на имущество или право аренды земельного участка должника, предоставленное им в качестве обеспечения исполнения обязательств;
(абзац четвертый статьи 3 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 октября 2023 года № ЗРУ-871 — Национальная база данных законодательства, 25.10.2023 г., № 03/23/871/0797)
пользователи — юридические и физические лица, выступающие в качестве кредитора, должника или лица, уступающего денежное требование по договору финансирования под уступку денежного требования (далее — лицо, уступающее денежное требование), имеющие право на внесение записи в залоговый реестр на основании договора, заключенного с организацией по ведению залогового реестра, а также органы следствия и дознания, обладающие в соответствии с законом правом налагать ограничение на распоряжение имуществом право аренды земельного участка и пользование им, органы государственной налоговой и таможенной службы;
уникальный регистрационный номер — индивидуальный регистрационный номер, присваиваемый внесенной в залоговый реестр записи.
Статья 4. Ведение залогового реестра
Ведение залогового реестра включает в себя внесение, изменение и исключение записей.
Ведение залогового реестра возлагается на организацию по ведению залогового реестра, создаваемую при Центральном банке Республики Узбекистан.
Статья 5. Полномочия организации по ведению залогового реестра
Организация по ведению залогового реестра:
обеспечивает доступ к залоговому реестру для внесения записи на основании договора, заключаемого с каждым обратившимся юридическим или физическим лицом, а также для пользования им в режиме реального времени, в том числе через информационную сеть Интернет;
предоставляет юридическим и физическим лицам консультационные услуги по пользованию залоговым реестром;
разъясняет обратившимся юридическим и физическим лицам последствия внесения записи в залоговый реестр;
обеспечивает возможность поиска информации в залоговом реестре по идентификационному номеру налогоплательщика, персональному идентификационному номеру физического лица — должника или лица, уступающего денежное требование или уникальному регистрационному номеру записи;
предоставляет пользователю информацию в электронной форме, а в необходимых случаях на бумажном носителе о внесенной записи.
Статья 6. Права пользователей
Пользователи вправе:
вносить записи в залоговый реестр и изменять их;
исключать записи из залогового реестра;
получать выписки из залогового реестра.
Пользователи могут иметь и иные права в соответствии с законодательством.
Статья 7. Обязанности пользователей
Пользователи обязаны:
вносить записи в залоговый реестр, содержащие объективные и достоверные сведения;
обеспечивать регулярное обновление внесенной ими записи в залоговый реестр.
Пользователи могут нести и иные обязанности в соответствии с законодательством.
Статья 8. Запись, вносимая в залоговый реестр
В залоговый реестр вносится запись о:
правах кредиторов на имущество или право аренды земельного участка должников, предоставленное ими в качестве обеспечения исполнения обязательств (залог), а также правах, возникающих из иных предусмотренных законом оснований, в том числе удержания, лизинга, финансирования под уступку денежного требования, продажи товара с сохранением за продавцом (кредитором) права собственности на товар до его оплаты, передачи права собственности на имущество, право аренды земельного участка при условии наступления определенного события в будущем, купли-продажи товаров с отсрочкой или рассрочкой платежа;
вступившем в законную силу решении суда об обращении взыскания на имущество право аренды земельного участка должника;
(абзац третий статьи 8 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 октября 2023 года № ЗРУ-871 — Национальная база данных законодательства, 25.10.2023 г., № 03/23/871/0797)
ограничении прав должника по распоряжению имуществом и пользованию им (сервитут, арест имущества, приостановление операций по банковским счетам);
требованиях о погашении задолженности по налогам и другим обязательным платежам должника;
иных требованиях, возникающих в случае неисполнения обеспеченного обязательства должника.
Статья 9. Внесение записи в залоговый реестр
Внесение записи в залоговый реестр осуществляется пользователем в электронной форме.
Вносимая в залоговый реестр запись должна содержать:
информацию о должнике или лице, уступающем денежное требование и кредиторе (фамилию, имя, отчество и персональный идентификационный номер физического лица — для физических лиц или наименование, организационно-правовую форму и идентификационный номер налогоплательщика — для юридических лиц);
описание имущества, права аренды земельного участка должника и прав кредитора на это имущество или право аренды земельного участка, а для договора о финансировании под уступку денежного требования — описание уступленного денежного требования.
Внесенная в соответствии с частью второй настоящей статьи запись автоматически фиксируется в залоговом реестре с указанием времени и даты внесения записи и присвоением ей уникального регистрационного номера.
Если иное не предусмотрено законом, время и дата внесения записи в залоговый реестр являются основанием для определения очередности, преимущественного права кредитора перед другими кредиторами и третьими лицами на обращение взыскания на имущество также право аренды земельного участка должника, удовлетворение иных требований в случаях неисполнения должником своих обязательств.
(часть четвертая статьи 9 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 октября 2023 года № ЗРУ-871 — Национальная база данных законодательства, 25.10.2023 г., № 03/23/871/0797)
За внесение записи в залоговый реестр взимается плата, условия взимания и размер которой определяются Кабинетом Министров Республики Узбекистан.
Статья 10. Условия внесения записи в залоговый реестр
Внесение записи пользователем, выступающим в качестве кредитора, осуществляется с согласия должника или лица, уступающего денежное требование. Согласие должника или лица, уступающего денежное требование оформляется в виде электронного документа или на бумажном носителе с указанием идентификационных данных должника или лица, уступающего денежное требование, а также имущества или права аренды земельного участка, на которое кредитор имеет право. Письменное согласие должника или лица, уступающего денежное требование должно храниться у кредитора до исключения записи из залогового реестра.
Внесение записи о вступившем в законную силу решении суда об обращении взыскания на имущество права аренды земельного участка должника, либо исключение из внесенной записи части имущества, или изменение в ней информации осуществляется кредитором без согласия должника.
(часть вторая статьи 10 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 октября 2023 года № ЗРУ-871 — Национальная база данных законодательства, 25.10.2023 г., № 03/23/871/0797)
Органы государственной налоговой и таможенной службы в случае наличия у должника задолженности по налогам и другим обязательным платежам вносят запись без согласия должника.
Органы следствия и дознания в случае принятия в пределах своих полномочий решений об ограничении прав должника по распоряжению имуществом и пользованию им (аресте имущества, приостановлении операций по банковским счетам) вносят запись без согласия должника.
Возражения к внесенной записи вносятся в залоговый реестр пользователем, выступающим в качестве должника или лица, уступающего денежное требование, в случае если должник или лицо, уступающее денежное требование считает, что запись является необъективной и недостоверной, и кредитор отказался ее исключить или изменить.
Статья 11. Изменение записи в залоговом реестре
Изменение в запись в залоговом реестре вносится пользователем, внесшим данную запись, в случаях замены либо изменений в составе имущества должника или замены самого должника, а также вступления в законную силу решения суда.
Пользователь обязан своевременно вносить изменения в записи.
Статья 12. Исключение записи из залогового реестра
Исключение записи из залогового реестра осуществляется пользователем, внесшим данную запись, в случае прекращения прав кредитора на имущество право аренды земельного участка должника, исполнения обязательств и по другим основаниям, предусмотренным в законе.
(часть первая статьи 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 октября 2023 года № ЗРУ-871 — Национальная база данных законодательства, 25.10.2023 г., № 03/23/871/0797)
Пользователь обязан своевременно исключить запись из залогового реестра.
Статья 13. Поиск записи в залоговом реестре
Поиск записи в залоговом реестре осуществляется по идентификационному номеру налогоплательщика или персональному идентификационному номеру физического лица — должника либо лица, уступающего денежное требование или уникальному регистрационному номеру записи.
Организация по ведению залогового реестра по результатам поиска записей может предоставить выписку из залогового реестра в виде электронного документа или на бумажном носителе.
За выдачу выписки из залогового реестра взимается плата в порядке, определяемом Кабинетом Министров Республики Узбекистан.
Статья 14. Хранение и защита записей залогового реестра
Хранение и защита записей залогового реестра осуществляются организацией по ведению залогового реестра.
Статья 15. Разрешение споров
Споры, возникающие в области ведения залогового реестра, разрешаются в порядке, установленном законодательством.
Статья 16. Ответственность за нарушение законодательства о залоговом реестре
Лица, виновные в нарушении законодательства о залоговом реестре, несут ответственность в установленном порядке.
Статья 17. Приведение законодательства в соответствие с настоящим Законом
Кабинету Министров Республики Узбекистан:
привести решения правительства в соответствие с настоящим Законом;
обеспечить пересмотр и отмену органами государственного управления их нормативно-правовых актов, противоречащих настоящему Закону.
Статья 18. Вступление в силу настоящего Закона
Настоящий Закон вступает в силу с 1 июля 2014 года.
Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ
г. Ташкент,
23 октября 2013 г.,
№ ЗРУ-356
(Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2013 г., №43, ст. 57; Национальная база данных законодательства, 25.10.2023 г., № 03/23/871/0797)