Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomni va Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 16-avgustdagi PF–4554-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 16-avgustdagi PF–4554-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-oktabr,
281-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-oktabrdagi 281-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi I boʻlimining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Biometrik diplomatik pasportlar boʻyicha chet elga chiqish Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-martdagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida yigʻin shoxobchalari (ichki ishlar organlarining kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari) tomonidan amalga oshiriladigan tartibotlar (harakatlar) roʻyxatining 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish ishlarini tashkil etish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 557-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)