Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahri hududidagi kanallarning sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahri hududidagi kanallarni saqlash hamda ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning oʻzanlarini va kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirishni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasini tugatish hamda uning negizida Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzurida Kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasini (keyingi oʻrinlarda Ixtisoslashtirilgan boshqarmasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallarni va ulardagi inshootlarni saqlashga doir yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va suv xoʻjaligi inshootlarining zarur darajadagi sanitariya holatini va texnik jihatdan ishonchliligini taʼminlash;
kanallardan ishonchli foydalanish va ularni ishlash holatida saqlashga tayyorlash;
kanallarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarini kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologiya norma va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish funksiyalarini amalga oshirish;
kanallarning shahardagi uchastkalarini ularning quyilish joylarini betonlash yoʻli bilan rekonstruksiya qilish, qirgʻoqlar boʻyida zamonaviy landshaft arxitekturasini qoʻllagan holda rekreatsion zona barpo etish;
suv va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
ajratilgan mablagʻlar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va inshootlar tizimining 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha bir qismini belgilangan tartibda Ixtisoslashtirilgan boshqarma tasarrufiga bersinlar.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Respublika suv resurslarini havzali boshqarish tamoyilidan kelib chiqqan holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvdan foydalanish va suv isteʼmolining belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlash, umuman berilayotgan magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar boʻyicha suv olish va suv berish toʻgʻrisidagi ishonchli hisob va hisobotlarni yuritish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida qoldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
Ixtisoslashtirilgan boshqarma tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hududidagi kanallarni xatlovdan oʻtkazish hamda qarovsiz kanallarni va Toshkent shahri hududida joylashgan Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi magistral kanallari va inshootlari tizimining bir qismini berish boʻyicha Idoralararo ishchi komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. Idoralararo ishchi komissiya (B. Rahmonov) 2013-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Toshkent shahri hududida joylashgan qarovsiz kanallarni xatlovdan oʻtkazsin va ularni yangidan tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan boshqarma balansiga belgilangan tartibda oʻtkazsin.
6. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tugatilayotgan Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasining asosiy vositalari, mexanizmlari, avtotransporti, moddiy-texnika resurslari limitlari, shtat birliklari va budjet mablagʻlarini berish – qabul qilib olishni;
Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning shtatlar roʻyxatini va xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazishni;
Ixtisoslashtirilgan boshqarmani 4-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasin.
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasining oʻtkazilayotgan xarajatlar smetasi mablagʻlari, shuningdek Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari, shu jumladan mahalliy budjet daromadlar qismining oshirib bajarilishidan va xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga olingan mablagʻlar Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlashga, 2013-yilda maxsus texnika va asbob-uskunalar sotib olishga xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash hamda Ixtisoslashtirilgan boshqarmani zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-oktabr,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 282-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 282-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 65-modda):
a) 2-ilovada:
“1 ta magistral kanal boshqarmasi, 3 ta irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, 1 ta shahar suv xoʻjaligi” blokidan “1 ta shahar suv xoʻjaligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovada:
“V. Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” boʻlimida:
5-band chiqarib tashlansin;
“Maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunining “Jami” qatoridagi “139” raqamlari “132” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha HAMMASI” qatoridagi “1495” raqamlari “1488” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining
TAShKILIY TUZILMASI
Izoh. * Moliyalashtirish xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 558-modda; 2017-y., 19-son, 343-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)