1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2026-yil 22-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Masʼuliyati cheklangan jamiyat
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga boʻlingan xoʻjalik jamiyati masʼuliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan xoʻjalik jamiyati qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil boʻlgan va qoʻshgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 329-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilardan biri bankrot boʻlib qolganida uning qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi, agar jamiyatning taʼsis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqa ishtirokchilar oʻrtasida ularning qoʻshgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi boʻlishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat, agar uning taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili koʻrsatilgan dumaloq muhrga ega boʻlishi kerak. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, oʻz emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi oʻzga vositalarga ega boʻlishga haqli.
(5-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son “Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega boʻladi, oʻz nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega boʻlishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻz ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan boʻlsa, jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Jamiyatning firma nomi va uning joylashgan manzili
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.04.00 Boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi toʻliq firma nomiga ega boʻlishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning toʻliq firma nomi jamiyatning toʻliq nomini va “masʼuliyati cheklangan jamiyat” soʻzlarini oʻz ichiga olishi kerak. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning toʻliq yoki qisqartirilgan nomini hamda “masʼuliyati cheklangan jamiyat” degan soʻzlarni yoki MChJ abbreviaturasini oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning toʻliq firma nomi jamiyatning toʻliq nomini va “qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning toʻliq yoki qisqartirilgan nomini hamda “qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat” degan soʻzlarni yoki QMJ abbreviaturasini oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan oʻzlashtirilgan boshqa atamalar va abbreviaturalarni, agar qonunlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻz ichiga olishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini koʻrsatuvchi qayd kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyiga qarab belgilanadi. Jamiyatning taʼsis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan yer yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan manzili deb belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim va yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organni oʻzining pochta manzili oʻzgargani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Jamiyatning ishtirokchilari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, jamiyatning ishtirokchilari boʻlishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilishi mumkin boʻlib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi boʻlgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bir shaxsdan iborat boshqa xoʻjalik jamiyatiga ega boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan meʼyordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar koʻrsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan meʼyorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
(7-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Jamiyat ishtirokchilarining huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida va jamiyat taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoxud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. JAMIYATNI TAʼSIS ETISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Jamiyatni taʼsis etish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning muassislari taʼsis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar, ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qoʻshilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari tomonidan ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning muassislari jamiyatni taʼsis etish bilan bogʻliq va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar boʻladilar. Jamiyat muassislarning uni taʼsis etish bilan bogʻliq majburiyatlari yuzasidan, ularning harakatlari keyinchalik jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan maʼqullangan taqdirdagina javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Jamiyatning taʼsis hujjatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning taʼsis shartnomasi va ustavi jamiyat taʼsis hujjatlari deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning taʼsis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga koʻpaysa, ular oʻrtasida taʼsis shartnomasi tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning taʼsis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan oʻzgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning taʼsis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar kiritilgan hollarda, bunday oʻzgartishlar yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Jamiyatning taʼsis shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Taʼsis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat taʼsis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hissalarni qoʻshish boʻyicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Jamiyat ustavi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.04.00 Boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat faoliyatining predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar toʻgʻrisidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining qirq baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-311-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining miqdori foizlarda yoki kasr koʻrinishida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib boʻlgan bir qismiga mos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini oʻzgartirish imkoniyati cheklab qoʻyilishi mumkin. Bunday cheklashlar jamiyatning ayrim ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan qoidalar jamiyat taʼsis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, oʻzgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.
(14-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning toʻliq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkning muddat oʻtgunga qadar ushbu mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, jamiyatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi jamiyatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga oʻxshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqiga teng pul tovoni toʻlashi shart. Pul tovoni jamiyat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan eʼtiboran agar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan tovon toʻlashning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, bir oy ichida bir yoʻla toʻlanishi kerak. Bunday qaror jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan jamiyat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan holda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis hujjatlarida jamiyat ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkdan foydalanish huquqining muddatidan ilgari tugatilganligi uchun jamiyat ishtirokchisi tomonidan tovon toʻlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar taʼsis hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, u qancha muddatga berilgan boʻlsa, shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan koʻproq soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) hamda zaxira fondi summasi oʻrtasidagi farqdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ushbu moddaga muvofiq koʻpaytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari oʻzgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda koʻpayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) uning ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga koʻpaytirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorida qoʻshimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq qoʻshish muddati belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat ishtirokchisining qoʻshimcha hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi arizasi (jamiyat ishtirokchilarining arizalari) va (yoki), agar bu jamiyatning taʼsis hujjatlarida taqiqlangan boʻlmasa, uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) uni (ularni) jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi arizasi (arizalari) asosida jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisining arizasida va uchinchi shaxsning arizasida hissani qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddati, shuningdek jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) ega boʻlishni xohlagan ulush miqdori koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Arizada hissalarni qoʻshish va jamiyatga aʼzo boʻlib kirishning boshqa shartlari ham koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror bilan bir vaqtda uning taʼsis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining) qoʻshimcha hissalarini qoʻshish hisobiga va (yoki) jamiyatga uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha koʻpaytirilishi va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdori aniqlanishi munosabati bilan oʻzgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushining miqdorlari oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qoʻshimcha hissasi qiymatidan koʻproq summaga koʻpaytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning hissalarini qoʻshish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini koʻpaytirish, qoʻshimcha hissalar qoʻshgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini koʻpaytirish va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartishlarni jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritish toʻgʻrisida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qoʻshishning jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddati oʻtganidan keyin, belgilangan qoʻshimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan toʻliq yoki qisman qoʻshilgan boʻlmasa, umumiy yigʻilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha oʻzgartirib, amalda qoʻshilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qoʻshgan qoʻshimcha hissalarni hisobga olgan holda kamaytirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi oldingi yigʻilishi qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat oʻn kunlik muddat ichida oldingi yigʻilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan oʻsha qoʻshgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan hissalar toʻliq miqdorda qoʻshilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida tasdiqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilmogʻi lozim. Taʼsis hujjatlaridagi mazkur oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun oʻzgartishlar yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etilmagan taqdirda yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoʻshimcha hissalar barcha ishtirokchilar tomonidan toʻliq qoʻshilmagan yoxud ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi amalga oshmagan deb eʼtirof etiladi. Bu holda jamiyat oʻn kunlik muddat ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qoʻshimcha pul hissalarini qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul hissalari ushbu modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pulsiz hissalar qoʻshgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat ushbu modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida koʻrsatilgan hollarda uch oylik muddatda ularning hissalarini qoʻshilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar koʻrsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana olmaganligi oqibatida boy berilgan foydani ham qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqlidir, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, jamiyat oʻz ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirishi va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini toʻlash orqali ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat, agar bunday kamaytirish natijasida ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyatning taʼsis hujjatlaridagi tegishli oʻzgartishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra ushbu Qonunga muvofiq belgilangan ustav fondining (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam boʻlib qolsa, ushbu Qonunga muvofiq jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga majbur hollarda esa jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadagi holatga koʻra ushbu Qonunga muvofiq belgilangan ustav fondi (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam boʻlib qolsa, jamiyat oʻzining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida uning ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlanmagan taqdirda, jamiyat oʻzining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda toʻlangan miqdorgacha kamaytirishini eʼlon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam boʻlib qolsa, jamiyat oʻzining ustav fondini (ustav kapitalini) oʻzining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini eʼlon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi sanasidagi holatga koʻra ushbu Qonunda belgilangan ustav fondining (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam boʻlib qolsa, jamiyat tugatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari oʻzlariga xabarnoma yoʻllangan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bogʻliq taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kreditorlar ushbu moddada belgilangan tartibda xabardor qilinganligi dalillari taqdim etilgan taqdirdagina qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki oʻzining tugatilishi toʻgʻrisida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini va oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashini talab qilishga haqlidir. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish toʻgʻrisida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining) jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga oʻtishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoxud uning bir qismini jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki oʻzga tarzda ular foydasiga voz kechishga haqlidir. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlangunga qadar boʻlgan davrda u faqat toʻlangan qismi boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilinadigan baho boʻyicha oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib olishda imtiyozli huquqdan, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, foydalanadilar. Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda oʻzlarining imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan boʻlsalar, jamiyat oʻzining ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida boʻlgan jamiyat ishtirokchisi ulushi sotiladigan bahoni va boshqa shartlarni koʻrsatgan holda bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning oʻzini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning butun qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan, shunday xabar berilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda (agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa) ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga xabar qilingan baholarda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga nomutanosib ravishda sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar jamiyat ustavida uni taʼsis etish chogʻida nazarda tutilishi, jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yigʻilishning qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, oʻzgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulush (ulushning bir qismi) sotib olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat imtiyozli huquqqa egaligi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday buzilishni bilgan yoxud uni bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sotuvchining huquqlari va majburiyatlarini oʻzlariga oʻtkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar. Mazkur imtiyozli huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning yoki jamiyat qolgan ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish toʻgʻrisidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlmasa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) oʻzganing foydasiga voz kechish boʻyicha bitimning ushbu modda yoki jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechilgani haqida bunday voz kechishning dalillarini taqdim etgan holda yozma ravishda jamiyat xabardor qilinishi lozim. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish toʻgʻrisida jamiyat xabardor qilingan paytdan eʼtiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlariga ega boʻladi va majburiyatlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) voz kechishiga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxoʻrlariga va jamiyatning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, uning kreditorlari bilan hisob-kitob tugallanganidan soʻng qolgan unga qarashli ulush, agar qonun hujjatlarida yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida ushbu moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida belgilangan ulushning oʻtishi va taqsimlanishiga faqat jamiyat qolgan ishtirokchilarining roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining merosxoʻri tomonidan meros qabul qilingunga qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisi huquqlari vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan, bunday shaxs boʻlmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish, ulushning (ulush bir qismining) merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga oʻtishi yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari oʻrtasida ulushning (ulush bir qismining) taqsimlanishi uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan boʻlsa, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan boshlab oʻttiz kun mobaynida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat davomida jamiyatning barcha ishtirokchilaridan birortasidan rozilik olingan boʻlsa yoki jamiyat ishtirokchilarining birortasidan rozilik berishga yozma raddiya olingan boʻlmasa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan boʻlsa, agar jamiyatga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun mobaynida yoki jamiyat ustavida belgilangan boshqa muddat mobaynida jamiyatning yozma roziligi olingan boʻlsa, yoxud jamiyatdan rozilik berishga yozma raddiya olingan boʻlmasa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) ochiq kim oshdi savdosi orqali sotilganda, mazkur ulushning (ulush bir qismining) oluvchisi jamiyatning yoki uning ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar jamiyatning ishtirokchisiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar garovi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻziga tegishli ulushni (ulushning bir qismini) jamiyatning boshqa ishtirokchisiga yoki, agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatning roziligi bilan uchinchi shaxsga jamiyat barcha ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan, agar bunday qarorni qabul qilish uchun jamiyatning ustavida bundan ham koʻproq ovozlar soni nazarda tutilgan boʻlmasa, qabul qilingan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan garovga qoʻyishga haqlidir. Oʻz ulushini (ulushining bir qismini) garovga qoʻyish niyatida boʻlgan jamiyat ishtirokchisining ovozlari ovoz berish natijalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat tomonidan olinishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan boʻlsa, jamiyatning boshqa ishtirokchilari esa uni olishni rad etsa, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs foydasiga voz kechish rad etilgan taqdirda, agar bunday rozilikni olish zarurligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) olishga majbur. Bunda jamiyat oʻzining ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) jamiyatning ishtirokchisi shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni taʼsis etish chogʻida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini oʻz muddatida toʻliq miqdorda qoʻshmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu Qonun 15-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan pul tovonini muddatida taqdim etmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat ishtirokchisiga ulushning (mol-mulk jamiyat foydalanishida boʻlgan muddatga) u qoʻshgan hissaning qismiga mutanosib ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini jamiyat toʻlashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga majbur. Ulush bir qismining haqiqiy qiymati hissani qoʻshish yoki tovonni taqdim etishning muddati oʻtadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida ulushning hissaning toʻlanmagan qismiga yoki pul tovoni summasiga (qiymatiga) mutanosib qismi jamiyatga oʻtishi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 20-moddasi oʻn ikkinchi, oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ishtirokchilari ulushning oʻtishi yoki taqsimlanishiga rozilik berishni rad etsalar, agar jamiyatning ustaviga muvofiq bunday rozilik olinishi zarur boʻlsa, ulush jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat vafot etgan jamiyat ishtirokchisining merosxoʻrlariga, qayta tashkil etilgan jamiyat ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning huquqiy vorislariga yoki jamiyat ishtirokchisi boʻlgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilariga tegishincha vafot qilish, qayta tashkil etilish yoki tugatilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini toʻlashi yoxud ularning roziligi bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan toʻlangan taqdirda, ulush haqiqiy qiymatining jamiyat boshqa ishtirokchilari tomonidan toʻlanmagan qismi jamiyatga oʻtadi, ulushning qolgan qismi jamiyatning ishtirokchilari oʻrtasida ular qoʻshgan toʻlovga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatning ishtirokchisi u jamiyat tomonidan olinishi toʻgʻrisida talabnoma taqdim etgan yoki hissani qoʻshish muddati oʻtgan yoxud tovon berilgan yoki ishtirokchini jamiyatdan chiqarish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan yoki jamiyatning istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi boʻlgan jismoniy shaxslarning merosxoʻrlariga (yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga) oʻtishiga yoxud uning jamiyat ishtirokchisi boʻlgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishiga rozilik berishni rad etgan yoki jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan jamiyat tomonidan toʻlangan paytdan eʼtiboran jamiyatga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida, agar jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori oʻrtasidagi farq hisobidan toʻlanadi. Agar bunday farq yetarli boʻlmasa, jamiyat oʻzining ustav fondini (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Jamiyatga qarashli ulushlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga oʻtgan kundan eʼtiboran bir yil ichida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyatning barcha ishtirokchilari oʻrtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud jamiyatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi hamda toʻliq toʻlanishi kerak. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) tegishlicha kamaytirgan holda toʻlanishi kerak. Ulushni jamiyat ishtirokchilarining ulushlari miqdorlari oʻzgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bogʻliq oʻzgartishlarni jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritish jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan, jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda esa, jamiyat tomonidan sotilgan ulushning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ham yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga jamiyat ishtirokchilari ulushlarining haqini toʻlash yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Undiruvni jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlarning talabiga binoan jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruvni jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratishga qarzlarni qoplash uchun jamiyat ishtirokchisining boshqa mol-mulki yetarli boʻlmaganda faqat sudning qarori asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratilgan taqdirda, jamiyat kreditorlarga jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan mol-mulkiga undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati kreditorlarga jamiyatning qolgan ishtirokchilari tomonidan, agar jamiyatning ustavi yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi qarorida haq toʻlash miqdorini aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisining jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati undiruvni jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha uning ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish toʻgʻrisida jamiyatga talab qoʻyilgan sanadan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyat kreditorlari tomonidan talab taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida jamiyat yoki uning ishtirokchilari undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi butun ulushining (butun ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlamasalar, undiruvni jamiyat ishtirokchisining ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish uni ochiq kim oshdi savdosida sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta oʻzining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash uchun moʻljallangan qismi ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlashdagi cheklashlar. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilariga toʻlashdagi cheklashlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat quyidagi hollarda oʻz foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlangunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati toʻlangunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat qonunga muvofiq bankrotlik belgilariga javob bersa yoki agar mazkur belgilar jamiyatda shunday qaror qabul qilinishi natijasida paydo boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam boʻlsa yoki shunday qaror qabul qilinishi natijasida ularning miqdoridan kamroq boʻlib qolsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻz ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan quyidagi hollarda jamiyat ishtirokchilariga foydani toʻlashga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar toʻlash paytida jamiyat qonunga muvofiq bankrotlik belgilariga javob bersa yoki agar mazkur belgilar jamiyatda toʻlov natijasida paydo boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar toʻlash paytida jamiyatning sof aktivlari qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam boʻlsa yoki toʻlash natijasida ularning miqdoridan kamroq boʻlib qolsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan holatlar tugaganidan keyin jamiyat oʻz ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan foydani toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Jamiyatning zaxira fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat oʻzining ustavida nazarda tutilgan, lekin oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yoʻli bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning zaxira fondi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun moʻljallangandir.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ-104-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. JAMIYATDA BOSHQARUV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Jamiyatning boshqaruv organlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
(30-modda ikkinchi qismi oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;
(30-modda ikkinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishi jamiyatning ustavida belgilangan muddatlarda, lekin yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida jamiyat faoliyatining yillik natijalari tasdiqlanadigan jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yigʻilishini oʻtkazish muddati belgilanishi kerak. Jamiyat ishtirokchilarining mazkur umumiy yigʻilishi moliya yili tugaganidan keyin kechi bilan olti oy ichida oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyatning ustavida belgilangan hollarda, shuningdek, agar bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazishni jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining jami kamida oʻndan biriga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchilarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat kuzatuv kengashining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi zarur hollarda jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan uning tashabbusiga binoan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida mazkur talabni koʻrib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqida yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan faqat quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabni taqdim etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalardan birortasi ham uning vakolatlari jumlasiga kirmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida bu talabni kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritishi shart. Kuzatuv kengashi uch kun ichida mazkur talabni koʻrib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida yoki ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalarning biri yoki bir nechasi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jumlasiga kirmasa yoki qonun hujjatlarining talablariga mos boʻlmasa, mazkur masalalar kun tartibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalar taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazishning taklif qilingan shaklini oʻzgartirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar bilan bir qatorda, jamiyatning ijro etuvchi organi oʻz tashabbusi bilan unga, kun tartibi rasmiy ravishda oʻqib eshittiriladigan kundan kechiktirmay, qoʻshimcha masalalar kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday umumiy yigʻilish uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran qirq besh kundan kechiktirmay oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni oʻtkazishni talab qilayotgan organlar yoki shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday holda jamiyatning ijro etuvchi organi mazkur organlar yoki shaxslarga jamiyat ishtirokchilarining manzillari koʻrsatilgan roʻyxatni taqdim etishi shart. Umumiy yigʻilishga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish xarajatlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyatning mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning istalgan ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining kun tartibiga qoʻshimcha masalalarni kiritish toʻgʻrisida uni oʻtkazishdan kamida oʻn besh kun oldin takliflar kiritishga haqlidir. Qoʻshimcha masalalar, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jumlasiga kirmaydigan masalalarni istisno etganda, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan qoʻshimcha masalalar taʼrifiga oʻzgartirish kiritishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining dastlabki kun tartibiga oʻzgartishlar kiritiladigan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan usulda kun tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilarini xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish chogʻida jamiyat ishtirokchilariga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot va materiallar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning yillik hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning yillik hisobotlari va yillik buxgalteriya balanslarini tekshirish natijalari boʻyicha jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarning toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijro etuvchi organlariga, jamiyatning kuzatuv kengashiga va jamiyatning taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzod (nomzodlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa axborot (materiallar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyat ustavida jamiyatning ishtirokchilarini axborot va materiallar bilan tanishtirishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar ularga axborot va materiallarni jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda yuborishi shart, kun tartibi oʻzgartirilgan taqdirda, tegishli axborot va materiallar ana shunday oʻzgartish toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda yuboriladi. Koʻrsatilgan axborot va materiallar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilishidan oldin oʻttiz kun mobaynida jamiyat ijro etuvchi organining binosida tanishish uchun jamiyatning barcha ishtirokchilariga taqdim etilishi kerak. Jamiyatning ustavida ushbu moddada koʻrsatib oʻtilganidan qisqaroq muddatlar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ushbu Qonunda, jamiyatning ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish tartibi ushbu Qonun, jamiyatning ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (ishonchnomani) koʻrsatishlari lozim. Jamiyat ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining koʻrsatib oʻtilgan huquqlarini cheklovchi taʼsis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni taʼsis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilab qoʻyilishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday tartibni belgilab qoʻyuvchi qoidalarini oʻzgartirish va chiqarib tashlash jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning roʻyxatdan oʻtmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan vaqtda yoki, agar jamiyatning barcha ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtib boʻlgan boʻlsa, oldinroq ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ushbu Qonun 33-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilariga xabar qilingan kun tartibidagi masalalar boʻyichagina qarorlar qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan, shuningdek jamiyatning ustavida belgilangan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar, agar shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 30-moddasi ikkinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan masala yuzasidan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
(34-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-311-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarorlari, agar jamiyatning ustavida qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bayonnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilar umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilishda qatnashayotgan ishtirok etuvchilar ega boʻlgan ovozlarning umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilishning kun tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasida maʼruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qoʻyilgan masalalar va ular boʻyicha ovoz berish yakunlari, yigʻilishda qabul qilingan qarorlar aks ettirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bayonnomasi yigʻilish oʻtkazilganidan soʻng uch kundan kechiktirilmay umumiy yigʻilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinadigan qarori
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.06.00 Telegraf aloqa]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori yigʻilishni oʻtkazmay (kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qoʻyilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun jamiyat ishtirokchilari birgalikda hozir boʻlmay) sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki uzatib beriladigan va qabul qilinadigan xabarlarning toʻgʻri boʻlishini va ularning hujjatlar bilan tasdiqlanishini taʼminlovchi boshqa aloqa vositasida hujjatlarni ayirboshlash yoʻli bilan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarorini sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilish chogʻida ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari, shuningdek ushbu Qonun 33-moddasi birinchi, uchinchi, beshinchi va yettinchi qismlarining qoidalari ularda nazarda tutilgan muddatlarga oid qismida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan (soʻrov yoʻli bilan) ovoz berish tartibi taklif qilinayotgan kun tartibini jamiyatning barcha ishtirokchilariga xabar qilishning majburiyligini, jamiyatning barcha ishtirokchilari ovoz berish boshlangunga qadar barcha zarur axborot va materiallar bilan tanishib chiqishi imkoniyatini, kun tartibiga qoʻshimcha masalalarni kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritish imkoniyatini, ovoz berish boshlangunga qadar jamiyatning barcha ishtirokchilariga oʻzgartirilgan kun tartibini, shuningdek ovoz berish taomilining tugash muddatini xabar qilishning majburiyligini nazarda tutgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilinishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir ishtirokchidan tarkib topgan jamiyatda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish kiritilishi nazarda tutilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish jamiyatning ustavi bilan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilgan boʻlsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.
(38-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ-104-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish va uning faoliyati tartibi, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining vakolatlarini va jamiyat kuzatuv kengashi raisining vakolatini tugatish tartibi jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi va kollegial ijro etuvchi organining aʼzolari jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolariga haq toʻlanishi va (yoki) ularning oʻz majburiyatlarini bajarishlari bilan bogʻliq xarajatlari qoplanishi mumkin. Haqlar va tovonlarning miqdorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining jamiyatning ishtirokchilari boʻlmagan aʼzolari jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosining ovoz berish huquqini oʻzga shaxslarga, shu jumladan kuzatuv kengashining boshqa aʼzolariga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari boʻlmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs oʻrtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yigʻilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi sifatida faqat jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining faoliyati va uning tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan, shuningdek jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning ustavida jamiyatning kollegial ijro etuvchi organini (boshqaruvi, direksiyasi va boshqalarni) tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday organ jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat ustavida belgilangan miqdorda va muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining aʼzosi etib faqat jismoniy shaxs saylanadi, u jamiyatning ishtirokchisi boʻlmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi jamiyatning ustavi bilan oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining raisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining faoliyati va uning tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining aʼzosi ovoz berish huquqini oʻzga shaxslarga, shu jumladan jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining boshqa aʼzolariga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Jamiyatni boshqarish organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsata olishi mumkin boʻlmasa va (yoki) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik jiddiy boʻlmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan boʻlsa, shikoyatga sabab boʻlgan qarorni oʻz kuchida qoldirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining, jamiyat ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchisining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori jamiyat ana shu ishtirokchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organi aʼzolarining javobgarligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini koʻzlab halol va oqilona harakat qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari unga oʻzlarining aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun, agar qonunlarda boshqa asoslar va javobgarlik miqdorlari koʻrsatilgan boʻlmasa, jamiyat oldida javobgar boʻladilar. Bunda jamiyatga zarar yetkazilishiga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining aʼzolari javobgar boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organi aʼzolarining javobgarligi asoslari va miqdorini aniqlashda ish muomalasi odatlari va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlar eʼtiborga olinmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat yoki uning ishtirokchisi jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. JAMIYATNING BITIM TUZISHDAN MANFAATDORLIGI. YIRIK BITIMLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilishidan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxslar, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi manfaatdor boʻlgan yoki oʻz affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi boʻlgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining roziligisiz jamiyat tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari quyidagi hollarda jamiyat tomonidan bitim tuzilishidan manfaatdor shaxslar deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflari hisoblansalar yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini ifodalasalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxs aksiyalarining (paylari, ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlsalar (har biri alohida-alohida yoki jamlangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar jamiyatning ustavida belgilangan boshqa hollarda ham jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) affillangan shaxslari aksiyalarining (paylar ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tuzilishidan manfaatdor deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan tuziladigan yoki taxmin qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining eʼtiboriga yetkazishlari kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni jamiyat tuzishi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning uning tuzilishidan manfaatdor boʻlmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitim jamiyat bilan boshqa taraf oʻrtasida, bitim tuzilishidan manfaatdor shaxs ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq shunday shaxs deb eʼtirof etiladigan paytga qadar boʻlgan, odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuzilgan boʻlsa, manfaatdorlik boʻlgan bitimni tuzish ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarorini talab qilmaydi (jamiyat ishtirokchilarining keyingi umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanaga qadar qaror talab qilinmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan va ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxs jamiyat oldida oʻzi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Agar bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish jamiyatning ustavi bilan uning vakolatlari jumlasiga kiritilishi mumkin, bitim yoki bitimning predmeti boʻlgan mol-mulkning qiymati boʻyicha haq toʻlash summasi jamiyatning oxirgi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Yirik bitimlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan bitim yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning maqsadlari uchun yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa – taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, qiymati jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma beshdan to ellik foizigachasini tashkil etadigan mol-mulkni olish, tasarrufdan chiqarish yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan yirik bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish jamiyatning ustaviga binoan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiritilishi mumkin. Bunda kuzatuv kengashining aybi bilan yirik bitim tuzilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi umumiy yigʻilish oldida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB. JAMIYATNING FAOLIYATI USTIDAN NAZORAT QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin. Oʻn besh nafardan ortiq ishtirokchisi boʻlgan jamiyatlarda jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) shart. Jamiyatning ishtirokchisi boʻlmagan shaxs ham jamiyat taftish komissiyasining aʼzosi (taftishchisi) boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) vazifasini jamiyat bilan, jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari bilan, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi shaxs bilan, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari va jamiyatning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bilan bogʻliq boʻlmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari jamiyat taftish komissiyasining aʼzolari (taftishchisi) boʻlishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasi aʼzolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining tashabbusiga, ishtirokchilar umumiy yigʻilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining jami kamida oʻndan bir qismiga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchilarining talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzolari, shuningdek jamiyatning xodimlari ogʻzaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyatning yillik hisobotlarini va buxgalteriya balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanguniga qadar majburiy tartibda tekshirishdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-modda. Ichki audit xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Jamiyatning kuzatuv kengashi ichki audit xizmatini tashkil etadi va uning xodimlarini tayinlaydi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki audit xizmati jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
(451-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ-104-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Jamiyatning auditorlik tekshiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya hisobotlari toʻgʻriligini, buxgalteriya hisobini yuritish tartibining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan ortiq boʻlgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, quyidagi hujjatlarni ustavda belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning taʼsis hujjatlari, shuningdek jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat muassislari yigʻilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa qarorlarni oʻz ichiga olgan bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning oʻz balansida turgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning filiallari va vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlar;
(48-modda birinchi qismi yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni oʻzining ijro etuvchi organi joylashgan yerda yoki jamiyat ishtirokchilariga maʼlum boʻlgan va ular uchun qulay boʻlgan boshqa joyda saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyat ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni qayta tashkil etish qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat, birlashtirish shaklidagi qayta tashkil etish hollarini istisno etganda, qayta tashkil etish natijasida tuziladigan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat unga boshqa jamiyatni birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda ulardan birinchisi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga birlashtirilgan jamiyat faoliyati tugatilgani haqida yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish, shuningdek ustavga kiritilgan oʻzgartishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran, jamiyat qoʻshib yuborish yoki birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda esa bu haqda qoʻshilishda yoki birlashtirishda ishtirok etayotgan jamiyatlardan oxirgisi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyat bu haqda jamiyatning oʻziga maʼlum barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari oʻzlariga xabarnomalar yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki qaror qabul qilingani toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini va koʻrgan zararlarining oʻrni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda kreditorlar xabardor qilinganligining dalillari taqdim etilgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Jamiyatlarni qoʻshib yuborish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini oʻtkazish yoʻli bilan yangi jamiyatni tashkil etish jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ana shunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida, qoʻshib yuborish shartnomasini va qoʻshib yuborish natijasida tuzilayotgan jamiyatning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolangan qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnoma ustav bilan birgalikda uning taʼsis hujjati hisoblanadi hamda u Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va ushbu Qonun bilan taʼsis shartnomasiga qoʻyiladigan barcha talablarga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan ana shunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida va qoʻshib yuborish shartnomasini, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ustavini va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar ishtirokchilarining qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi. Bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazish muddatlari va tartibi qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatlar qoʻshib yuborilganda ulardan har birining barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomalariga muvofiq qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilgan jamiyatga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Jamiyatni birlashtirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni birlashtirish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashtirish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida, birlashtirish toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi, birlashtirilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi esa, topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida ham qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashtirishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qoʻshma umumiy yigʻilishi birlashtirilayotgan jamiyatning taʼsis hujjatlariga jamiyatning ishtirokchilari tarkibi oʻzgarishi, ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan bogʻliq oʻzgartishlarni, birlashtirish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa oʻzgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat boʻlganda boshqa masalalarni, shu jumladan birlashtirilayotgan jamiyatning organlarini saylash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi. Bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazish muddatlari va tartibi birlashtirish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir jamiyat boshqasiga birlashtirilganda topshirish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari birlashtirib olayotgan jamiyatga oʻtadi.
LexUZ sharhi
Topshirish dalolatnomalarini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Jamiyatni boʻlish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil etilgan jamiyatlarga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni boʻlish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida, jamiyatni boʻlish tartibi va shartlari toʻgʻrisida, yangi jamiyatlarni tashkil etish va boʻlish balansini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlish natijasida tuzilayotgan har bir jamiyatning ishtirokchilari taʼsis shartnomasini imzolaydilar. Boʻlish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyatning ustavini tasdiqlaydi va uning organlarini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat boʻlinganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻlish balansiga muvofiq boʻlish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boʻlish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Boʻlish balansini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini oʻtkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari toʻgʻrisida, yangi jamiyatni (yangi jamiyatlarni) tashkil etish toʻgʻrisida va boʻlish balansini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning taʼsis hujjatlariga jamiyat ishtirokchilari tarkibining oʻzgarishi, ularning ulushlari miqdorlari aniqlanishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartishlarni va ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan boshqa oʻzgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat boʻlgan taqdirda oʻzga masalalarni, shu jumladan jamiyatning organlarini saylash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ishtirokchilari taʼsis shartnomasini imzolaydilar. Ajratib chiqarilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi uning ustavini tasdiqlaydi va jamiyatning organlarini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ajratib chiqarilayotgan jamiyatning yagona ishtirokchisi qayta tashkil etilayotgan jamiyat boʻlsa, uning umumiy yigʻilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ustavini va boʻlish balansini tasdiqlaydi, ajratib chiqarilayotgan jamiyatning organlarini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatdan bir yoki bir necha jamiyat ajratib chiqarilganda qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi boʻlish balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boʻlish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Boʻlish balansini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat qonunlarda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bunday qayta tashkil etish toʻgʻrisida, qayta tuzish tartibi va shartlari toʻgʻrisida, jamiyat ishtirokchilarining ulushlarini qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga (ulushlari, paylariga) ayirboshlash tartibi toʻgʻrisida va ana shu yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari ana shunday yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi qonun talablariga muvofiq uning organlarini saylash toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar va tegishli organga qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni qayta tuzish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish hamda tugatuvchini tayinlash toʻgʻrisidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.
(55-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(55-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatuvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
(55-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan jamiyatni tugatishda tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning vakili kiritiladi.
(55-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.