Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 8-oktabr,
276-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 10-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomning 14-bandida:
yigirma beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonunchilikka muvofiq oʻt sochar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni sotib olish, saqlash, narkotik va radioaktiv moddalarni tashish, oʻq otish tirlari va otishma joylarini, qurol-yarogʻlarni tuzatish va pirotexnika korxonalari, ov va sport qurollari bilan savdo qiluvchi doʻkonlarni ochishni va ularning ishlashini nazorat qilib boradi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin;
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanishni tartibga solish, ularni ifloslanishdan hamda kamayib ketishdan muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 8-apreldagi 179-son qarorining oʻzbek tili matnidagi 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-dekabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi toʻgʻrisidagi nizom 12-bandining sakkizinchi xatboshidagi “import”soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), foydalanish, sotish va ularni chet ellardan olib kelish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3-son, 23-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda):
a) 1-ilova 21-bandning yettinchi xatboshidagi “import” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 33-bandidagi “shuningdek joʻnatish va tashish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-bandi “g” kichik bandining beshinchi xatboshidagi “va maʼlumotnomasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 29-bandining “Shakllantirish manbai” ustunidagi “import qilishga” soʻzlaridan keyingi “import” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 494-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 664-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 550-modda; 2016-y., 3-son, 23-modda; 2017-y., 28-son, 664-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)