04.10.2013 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublikada davlat yongʻin nazoratini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat yongʻin nazorati organlari va mansabdor shaxslarining roʻyxatini, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat yongʻin nazorati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektori — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolarning yongʻin xavfsizligi talablarini bajarishlari yuzasidan davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat shakli va aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish choralarini koʻrish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma koʻrsatma — yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorining yongʻin xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish, shu jumladan qurilayotgan korxonalar va obyektlarning, shuningdek tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning belgilangan muddatlarda tegishli mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma farmoyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan ular uchun yongʻin xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning yongʻin-profilaktik koʻrigi — keyinchalik tadbirkorlik subyektiga yongʻin kelib chiqishi kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan yozma tavsiyalar berish uchun obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbir.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati davlat yongʻin nazorati organlarining faoliyatiga metodik rahbarlik qilishni, uni muvofiqlashtirish va nazorat qilishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat yongʻin nazorati organlari va ularning mansabdor shaxslari nazorat boʻyicha funksiyalarni amalga oshirishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar mavjud boʻlgan qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda normativ hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat yongʻin nazorati organlari belgilangan namunadagi oʻz nomi yozilgan muhrlar, shtamplar va blankalarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat yongʻin nazorati organlarining tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar davlat yongʻin nazorati organlari hisoblanadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi yongʻin xavfsizligi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — yongʻin xavfsizligi boshqarmalari deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari);
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boshqarmalariga bevosita boʻysunuvchi yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalar, guruhlar, alohida postlar);
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Davlat yongʻin nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasining boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar roʻyxatiga muvofiq Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasining davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari — tegishli ravishda yongʻin xavfsizligi boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — yongʻin xavfsizligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar roʻyxatiga muvofiq yongʻin xavfsizligi boshqarmalarining davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari — tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari)ning va oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari, alohida postlari)ning boshliqlari hamda ularning yongʻin nazorati va profilaktikasi boʻyicha oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar)ning yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — tumanlar (shaharlar)ning yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari)ning katta inspektorlari, inspektorlari, kichik inspektorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi kasbiy yongʻin xavfsizligi boʻlimlar (boʻlinmalar) boshliqlari va ularning yongʻin nazorati va profilaktikasi boʻyicha oʻrinbosarlari, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari, alohida postlari, guruhlari)ning katta inspektorlari, inspektorlari, kichik inspektorlari.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat yongʻin nazorati organlarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar davlat yongʻin nazorati organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlar profilaktikasini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yongʻinlar va yongʻin xavfsizligi talablari buzilishiga oid ishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotlarni toʻplash hamda oʻzaro almashish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yongʻinlarni oʻchirishga shayligi holati va yongʻinlar profilaktikasi oʻtkazilishiga doir ishlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyalari, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni va yongʻinga qarshi himoya tizimlarini qabul qilib olish komissiyalari tarkibida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning xodimlariga, sugʻurtalangan shaxslarga, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish sifati va tashkil etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashda va xizmatlarni sertifikatlashda ishtirok etish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat yongʻin nazorati organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi boʻyicha nazoratni amalga oshirish, yongʻin nazorati boʻyicha yuqori davlat inspektorlari tomonidan nazorat amalga oshiriladigan tashkilotlar va mansabdor shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda ularning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tashkilotlar va boshqa obyektlarning hududlarida, binolarida, inshootlarida, xonalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlardan yongʻin xavfsizligi holatini tavsiflovchi hujjatlarni, yongʻinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan materiallar va mahsulotlar haqidagi texnik hujjatlarni (agarda ular tekshiruvga aloqador boʻlsa) soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin kelib chiqishiga, tarqalishiga olib keluvchi yoki uni bartaraf etishni qiyinlashtiruvchi va (yoki) odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlangan hollarda, agar ular bino (inshoot)ning yoki umuman ishlab chiqarishning ishini toʻxtatishga olib kelmasa, ishlab chiqarish uchastkalarining ishini, alohida xonalardan, asbob-uskunalardan va boshqa agregatlardan foydalanishni, ayrim yongʻin xavfiga qarshi ishlarni olib borishni belgilangan tartibda qisman yoki butunlay toʻxtatib qoʻyish. Nazarda tutilgan chora-tadbir faqat yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi boʻyicha oʻtkaziladigan tekshirishlarda qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnomalar tuzish, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va yongʻin xavfsizligi talablari buzilganligi uchun qonunga muvofiq maʼmuriy choralar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni, shu jumladan obyektlar, inshootlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnik jihozlash davrida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini oʻrganish maqsadida yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish, shuningdek ularga yongʻinlar kelib chiqishi va kuchayishi (tarqalishi)ning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulk egalari (ular yoʻqligida — voyaga yetgan oila aʼzolari) yoki yollovchilar (ijarachilar)ning roziligi bilan ularga tegishli boʻlgan yashash xonalarini yoki boshqa xoʻjalik qurilmalarining yongʻinga qarshi holatini tekshirish va koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan vaqtda maʼmuriyat vakillari yoki obyektlarning masʼul shaxslari bilan birgalikda tungi vaqtda odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarda navbatchi xodimlar yongʻin sodir boʻlganda harakat qilishga tayyorgarliklari, evakuatsiya yoʻllarining holatini hamda yongʻin signalizatsiyasi va yongʻin haqida odamlarga xabar beradigan moslamalarning sozligini aniqlash boʻyicha yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻriklari yoki tekshirishlar natijalari boʻyicha tashkilotlar rahbarlariga va fuqarolarga yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishini bartaraf etish uchun maʼlumotnoma-tavsiyalar yoki bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tumanlar (shaharlar)ning, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda quyidagi huquqlarga egadirlar:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablariga mos kelmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishdan olib tashlanishi, ishlab chiqarishdan toʻxtatilishi va sotilishi toʻxtatilishi boʻyicha tashkilotlar rahbarlariga va fuqarolarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan, bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga muayyan hududlarda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatish haqida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishi haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga doimiy ravishda yongʻin xavfsizligi talablarini buzuvchi yoki davlat yongʻin nazorati organlarining yozma koʻrsatmasini bajarmayotgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritish shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʻrish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin nazorati boʻyicha quyi davlat inspektorlari tomonidan noqonuniy va (yoki) asoslanmagan holda chiqarilgan qarorlarni bekor qilish (oʻzgartirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi holatini, texnologik jarayonning yongʻin-portlash xavfini, foydalanilayotgan va ishlab chiqarilayotgan sanoat asbob-uskunalari, buyumlar, moddalar va materiallarning yongʻin xavfsizligi holatini, shuningdek ishchi va atrof muhitning holatini baholash, yongʻinlarning sabablarini aniqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizalar oʻtkazishni tayinlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari ushbu Nizomning 13 va 14-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri darajasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish huquqiga ham egadirlar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Nizomning 13 — 15-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yongʻin kelib chiqishiga va (yoki) odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi binolar, inshootlar, alohida ishlab chiqarishlarni toʻliq yoki qisman foydalanishni toʻxtatib qoʻyish, yongʻin chiqishi xavfi boʻlgan moddalar, materiallar va buyumlar tayyorlash va ishlab chiqarishni taqiqlash huquqiga ham egadirlar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari ushbu Nizomning 13 — 16-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda quyidagi huquqlarga ham egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va ularni texnik jihatdan qayta jihozlashga doir shaharsozlik hujjatlarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishiga taalluqli qismini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari ushbu Nizomning 13 — 17-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda quyidagi huquqlarga ham egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari, hududlar, binolar, inshootlar uchun yongʻin xavfsizligining umumiy talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi sohasidagi, shu jumladan yongʻin-texnik mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa normativ hujjatlarni mustaqil ravishda yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishlab chiqishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, binoni kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni kelishish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda oʻz faoliyatini shartnoma asosida amalga oshiruvchi davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tekshirishlar ushbu obyektlarning maʼmuriyati bilan tuzilgan shartnomalar talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Binodan, inshootdan, alohida ishlab chiqarishdan, ishlab chiqarish uchastkasidan, alohida xonadan, asbob-uskunalardan, agregatlardan foydalanishni toʻxtatib turish haqidagi qaror obyekt rahbariga taqdim etiladi hamda u bunday qaror qabul qilinishi uchun asos boʻlgan buzilishlar toʻliq bartaraf etilgungacha amalda boʻladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyati toʻxtatib turilishiga yoki toʻxtatilishiga sabab boʻladigan ushbu Nizomning 13, 14 va 16-bandlarida nazarda tutilgan choralar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlarning va aholi hayoti hamda salomatligiga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo boʻlishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish maqsadida materiallar ushbu Nizomning 13, 14, 16 va 20-bandlarida nazarda tutilgan tegishli choralar (faoliyatni toʻxtatib turishga tegishli) qoʻllanilgandan keyin davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan sudga beriladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha qoʻllaniladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlmagan obyektlar davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yiliga kamida ikki marotaba tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sektori obyektlari yongʻinlar va ularning kelib chiqishi sabablari tahlilidan kelib chiqib tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq berilgan vakolatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazish, yongʻin xavfsizligi choralarini qoʻllashni oʻrgatish va umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yosh yongʻin oʻchiruvchilar drujinalarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda va aholi punktlarida yongʻin-texnik komissiyalari va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati tashkil etilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish tadbirlarini oʻtkazish maqsadida faqat xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xizmat guvohnomasini hamda davlat yongʻin nazorati tomonidan tekshiruv va yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish uchun tasdiqlangan buyruq va boshqa hujjatlarni koʻrsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar (hududlari va xonalari) obyektlariga borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat tadbirlarini oʻtkazish vaqtida tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar vakillarining qatnashishiga toʻsqinlik qilmaslik, tekshiruvlarga daxldor boʻlgan savollar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat boʻyicha tadbirlar oʻtkazish vaqtida ishtirok etayotgan tashkilotlar rahbarlariga va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoxud ularning vakillariga tekshirish natijalari boʻyicha materiallar nusxalarini va zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar rahbarlarini va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoxud ularning vakillarini nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qoidabuzarlik holatlari boʻyicha qoʻllaniladigan choralarni belgilashda koʻrsatilgan choralarning qoidabuzarlikning ogʻirligiga muvofiqliligini, ularning odamlar hayoti va sogʻligʻiga, mol-mulkiga va atrof muhitga xavf solishini inobatga olish, shuningdek fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini asossiz cheklashga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norozi boʻlib shikoyat arizalari berilganda oʻz xatti-harakatlarining qonuniyligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarini yongʻin xavfi paydo boʻlishiga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrish maqsadida oʻziga qarashli obyektlarning yongʻin xavfsizligi holati toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlar profilaktikasini va davlat yongʻin nazorati ishini takomillashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat yongʻin nazorati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat yongʻin nazoratining yuqori organiga yoxud sudga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Alohida obyektlarda va hududlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining obyektlarida, oʻrmon xoʻjaligi hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish tartibi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻrtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 449-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el vakolatxonalari egallab turgan obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qurilish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va mukammal taʼmirlash obyektlarida yongʻinga qarshi loyiha tadbirlari bajarilishini nazorat qilish shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 17-maydagi 227-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 547-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son; 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 24.11.2023-y., 09/23/615/0889-son; 02.07.2025-y., 09/25/397/0562-son)