Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1995 31.08.1994 yildagi PF-940-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AHOLISIGA KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1080-son “Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol mollarining asosiy turlari va xizmatlarining erkin (shartnomaviy) narxlariga oʻtish tugallanishi munosabati bilan hamda aholining oʻsib borayotgan xarajatlarini qoplash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 31-oktabrdagi PF-977-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 279-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, ana shu kompensatsiyalar ishlab turgan barcha aholiga, pensionerlarga, oliy oʻquv yurtlarining talabalariga, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlarining oʻquvchilariga, aspirantlarga, doktorantlarga, bolasi ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash bilan band onalarga, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish muassasalarida roʻyxatdan oʻtib, vaqtincha ish bilan band boʻlmagan aholiga, yaʼni respublikadagi deyarli har bir katta yoshdagi odamga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, kompensatsiyalar oyiga bir marta ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash va ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlanadigan muddatlarda 1994-yilning sentyabridan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu kompensatsiyalarga daromad soligʻi solinmasligi koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompensatsiya toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari va korxonalarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 31-oktabrdagi PF-977-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 279-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddat ichida kompensatsiyalar toʻlashning muvaqqat tartibini ishlab chiqsin hamda vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yilgi davlat budjeti loyihasini tuzish chogʻida ana shu kompensatsiya toʻlovlari miqdorlarini aniqlashga oid takliflarni Hukumatga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmon bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-940-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y.,8-9-son, 239-modda;10-son, 279-modda)