25.09.2013 yildagi PQ-2045-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sunʼiy yoʻldosh geodeziya tarmogʻi, davlat kadastri va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning yagona kompyuterlashtirilgan tizimini yaratishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy geografik axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllantirish hamda shu asosda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, respublika hududlarini kompleks rivojlantirish uchun zarur axborot-resurs bazasini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya eksport-import banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasining (YEDCF) 40 yil muddatga, 10 yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda, 15,0 million AQSH dollari ekvivalentidagi koreys voni miqdorida imtiyozli qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihani amalga oshirish doirasida respublika va uning alohida hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatini yagona umumdavlat kompleks hisobga olishni va baholashni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarni faoliyatlari uchun zarur boʻlgan kadastr maʼlumotlari bilan tezkor taʼminlash uchun koʻp maqsadli axborot tizimi yaratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekvivalentda 15,87 mln AQSH dollarini, shundan soliqlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilish shaklida 6,05 mln AQSH dollarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish muddati — toʻrt yil (2013 — 2017-yillar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasining (YEDCF) asosiy qarzini uzish va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi YEDCF qarz mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va loyiha samarali amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki YEDCFning qarziga xizmat koʻrsatuvchi moliyaviy agent hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan YEDCF asosiy qarzini soʻndirish va qarz boʻyicha foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Koreyaning Koreya almashinuv banki bilan YEDCF qarz mablagʻlarini qaytarish mexanizmini belgilaydigan banklararo bitim tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan YEDCF qarzidan foydalanish va qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi agentlik bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya eksport-import banki oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yillik budjetdan moliyalashtirishning mavjud hajmi doirasida loyihani bajarish xarajatlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha qilingan ishlarning borishi toʻgʻrisida batafsil hisobotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” loyihasining belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish doirasida YEDCF qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan va respublika hududiga olib kiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, shu jumladan davlatning maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan majburiy ajratmalar va toʻlovlardan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi buyurtmanomalariga koʻra ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi buyurtmanomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2045-son