OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGINING
Qarori
Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1717-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 22-maydagi 6-mb-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-maydagi 122-son hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 22-maydagi 01-23-4846-sonli ““Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1717-3, 19.06.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 434-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2007-yil 27-avgustdagi 11, 01-02/15-23, 31 va EG-01/10-4715-son qarori (roʻyxat raqami 1717, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 396-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
5-mb-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
01-02//15-26-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
42-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2013-yil 3-sentabrdagi 5-mb, 01-02/15-26, 42 va 13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbek tilidagi matnning 1, 2, 3 va 5-bandlaridagi “mahsulotlar” degan soʻz “tovarlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turizm boʻyicha eksport va import maʼlumotlari, kirish va chiqishga oid turizm boʻyicha turistlarning xarajatlari kuzatuvi natijalarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.”.
3. 5-banddagi “9” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi raisi F. RIZAYEV
2013-yil 3-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 504-modda)