OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari”ga (OʻzR AQ-198) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1721-2]
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 46-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 24-avgustdagi 131-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari”ga (OʻzR AQ-198) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 17-sentabr,
30-n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 17-sentabrdagi 30-n-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari”ga (OʻzR AQ-198) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 104-banddan va 327-bandning “b” kichik bandidan “, texnik shartlarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 108-banddagi “davlat (tarmoq) standartlarining va texnik sharoitlarning” degan soʻzlar “davlat standartlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 16-sentabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 16-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 503-modda)