Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-sentabr,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-sentabrdagi 249-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) I boʻlimning 23-bandidagi “klublar” soʻzi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) III boʻlimning 1-bandidagi “klublar, madaniyat uylari va saroylari” soʻzlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 9-ilovadagi Ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlarining 29-bandidagi “Madaniyat saroylari va uylari, doimiy va koʻchma klublar (avtoklublar, klub-vagonlar, suzuvchi madaniy bazalar va boshqalar)” soʻzlari “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi 154-son qarorida:
a) 1-ilovaning 139 va 260-qatorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 491-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)