Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-sentabr,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-sentabrdagi 249-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 20-modda):
a) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida:
yigirma uchinchi xatboshidagi “madaniyat saroylari” soʻzlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
qirq beshinchi xatboshidagi “klublar, madaniyat uylari va saroylari” soʻzlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar roʻyxatining “Madaniyat muassasalari” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 231-band qoʻshilsin:
“231. Madaniyat va aholi dam olish markazlari”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) I boʻlimning 23-bandidagi “klublar” soʻzi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) III boʻlimning 1-bandidagi “klublar, madaniyat uylari va saroylari” soʻzlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasida:
a) 48.3-banddagi “qishloq klublari” soʻzlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari (toʻrt yuz oʻringacha)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 48.4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “ |
48.4 |
Madaniyat va aholi dam olish markazlari (toʻrt yuz oʻrindan ziyod), kutubxonalar | | | | | |
+ |
”. | ||||||||||||||||||||
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 9-ilovadagi Ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlarining 29-bandidagi “Madaniyat saroylari va uylari, doimiy va koʻchma klublar (avtoklublar, klub-vagonlar, suzuvchi madaniy bazalar va boshqalar)” soʻzlari “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi 154-son qarorida:
a) 1-ilovaning 139 va 260-qatorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
6. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasida:
a) 48.3-banddagi “qishloq klublari” soʻzlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari (toʻrt yuz oʻringacha)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 48.4-banddagi “madaniyat uylari” soʻzlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari (toʻrt yuz oʻrindan ziyod)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 491-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)