Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasalari shaklidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
“Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yoʻnalishlarini, shu jumladan jahon tendensiyalarini hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq qilish asosida ishlab chiqish;
“Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda davlat organlarida qoʻllaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va integratsiyasining kelishilgan mexanizmini hamda “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning normativ-metodik taʼminotini tashkil etishni nazarda tutuvchi yagona texnologik yondashuvni taʼminlash;
davlat organlari faoliyatining funksional va operatsion jarayonlarini tizimli qayta tashkil etishni amalga oshirish, davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan biznes jarayonlarni boshqarishni maqbullashtirish, takomillashtirish va innovatsion mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
“Elektron hukumat” tizimini samarali joriy etish uchun amaldagi normativ-huquqiy bazani maqsadli tahlil qilish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
“Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tizimli monitoring qilish, baholash, shu jumladan axborot tizimlari va resurslarini joriy etish samaradorligini oʻrganish, davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini yuritish;
“Elektron hukumat” tizimi doirasida interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqish, loyihalarni amalga oshirishning maqsadli indikatorlari va koʻrsatkichlarini aniqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini taʼminlash markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
“Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari komplekslari, resurslari va maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlash;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish;
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va toʻplash, “Elektron hukumat” tizimi axborot tizimi, resurslari va maʼlumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni taʼminlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish boʻyicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provaydyerlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari boʻyicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmogʻi milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo boʻlayotgan tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish boʻyicha konsultatsiya xizmatlari koʻrsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmogʻi milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish boʻyicha oʻzaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xodimlarining cheklangan soni 150 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini taʼminlash markazining xodimlarining cheklangan soni 135 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazining amaldagi tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminoti:
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan smeta doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarning begʻaraz texnikaviy koʻmagi (grantlari);
xoʻjalik faoliyatidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jalb etiladigan, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish loyihalarini hamda tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan begʻaraz texnikaviy koʻmak (grantlar)dan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish boʻyicha masʼul muvofiqlashtiruvchi etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar bilan “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish hamda uning axborot xavfsizligini taʼminlash loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish uchun begʻaraz texnikaviy koʻmak (grantlar) va imtiyozli kreditlar mablagʻlarini jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni faollashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi ustavlari bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazini hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazini zarur yoʻnalishdagi malakali kadrlar bilan taʼminlash, shuningdek Markazlarning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
10. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 4-uyga;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, S-14, 33-uyga;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 282a-uyga joylashtirilsin.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 4-uy manzilidagi boʻshayotgan binosi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, S-14, 33-uy manzilidagi binosi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga belgilangan tartibda, operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-sentabr,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 250-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi
Tuzilmasi
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi
TUZILMASI
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 492-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 29-son, 699-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)