OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 13-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2105-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2012-yil, 44-son, 507-modda) muvofiq buyuraman:
1. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 15-apreldagi 126-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2105, 2010-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 21-son, 164-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-sentabr,
115-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 4-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 37-son, 490-modda)