Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.01.2001 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yilda sholi ekiladigan maydonlar va yalpi sholi hosili toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, respublika aholisining guruchga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining 2001-yilda sholi ekiladigan maydonlar, sholi yetishtirish va uni davlat resurslariga topshirish hajmlari toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-maydagi 417-son qaroriga muvofiq Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Fargʻona viloyatlari xoʻjaliklarida sholi ekishning maqsadga muvofiq emas deb eʼtirof etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2001-yilda sholining yuqori hosilli, ertapishar navlarining qulay agrotexnik muddatlarda ekilishini taʼminlasinlar. Shu bilan birga sholi ekiladigan maydonlar suv bilan kafolatli taʼminlangan tumanlarda joylashtirilsin. Yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida sholini koʻchat usulida ekish texnologiyasi keng qoʻllansin, buning uchun mavjud maxsus texnika parkidan foydalanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga 2001-yil hosilidan urugʻlik sholi yetishtirish va “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq topshiriq belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, urugʻchilik xoʻjaliklari davlat resurslariga tovarbop sholi sotishni faqat urugʻlik sholi gʻamlash topshirigʻi bajarilgandan keyingina amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tovarbop va urugʻlik sholi xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini 2001-yil 1-fevralgacha taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi 2001-yil 1-avgustgacha sholichilik xoʻjaliklariga tovarbop va urugʻlik sholi davlat xaridlari umumiy summasining 50 foizgachasi miqdorida bosqichma-bosqich avans berib turishni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga sholichilik xoʻjaliklariga 2001-yil hosili uchun davlat resurslaridagi tovarbop sholidan 19,0 ming tonna urugʻlik berishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tovar va urugʻlik uchun xarid qilinadigan sholining xarid (shartnomaviy) narxlari boʻyicha 2001-yil 1-avgustgacha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-yanvardagi 46-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yilda sholi ekiladigan maydonlar va sholi yetishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekin maydoni, ming ga‎ Hosildorlik, ga/ts‎ Yalpi hosil, ming tonna‎ Davlat resurslariga sotish, ming tonna‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 80,0‎ 33,0‎ 264,0‎ 158,4‎
viloyatlar:‎
Surxondaryo‎ 5,0‎ 33,0‎ 16,5‎ 9,9‎
Sirdaryo‎ 6,0‎ 32,0‎ 19,2‎ 11,5‎
Toshkent‎ 9,0‎ 37,8‎ 34,0‎ 20,4‎
Xorazm‎ 25,0‎ 40,0‎ 100,0‎ 60,0‎
Jami:‎ 125,0‎ 34,7‎ 433,7‎ 260,2‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-yanvardagi 46-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil hosilidan urugʻlik sholi yetishtirish va “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ

(tonna)‎

‎‏
Urugʻlik tayyorlash hajmi‎‎ Hammasi‎‏

yuqori reproduksiyalar (elita, I, II reproduksiya) ‎

navdor‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 1420‎ 18580‎ 20000‎
viloyatlar:‎
Surxondaryo‎ 100‎ 1150‎ 1250‎
Sirdaryo 140‎ 1610‎ 1750‎
Toshkent‎ 204‎ 2296‎ 2500‎
Xorazm‎ 506‎ 5744‎ 6250‎
Jami:‎ 2370‎ 29380‎ 31750‎