Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.06.1992 yildagi PF-433-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 27.06.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-YIL 1 IYuLDAN NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI MUASSASALAR XODIMLARNING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol mollari va xizmatlariga narxlar oshib borayotgan sharoitda respublika aholisini ijtimoiy himoya qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻqituvchilar, tarbiyachilarning, oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari muallimlarining, professor-oʻqituvchilar tarkibining, shifokorlar, ilmiy xodimlarning ish haqi 1,8 baravar, budjet hisobidagi boshqa tashkilotlar va muassasalar xodimlarining ish haqi — 1,5 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish haqini oshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarning 25 foizi budjetdagi muassasalar va tashkilotlar smetalari boʻyicha umumiy sarf-xarajatlarni qisqartirish hisobiga taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining, aspirantlarning, doktorantlarning stipendiyalari, kiyim-bosh va ovqat bilan taʼminlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlari hamda texnikumlar oʻquvchilarining stipendiyalari 1,5 baravar koʻpaytirilsin. Imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlarning avvalgi miqdorlari hamda talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish haqi va mehnat nafaqasining eng oz miqdori oyiga 1000 soʻm qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilning 1-oktabridan boshlab fuqarolar ish stajining oz-koʻpligiga va xizmatlariga qarab mehnat nafaqalarining tabaqalashtirilgan miqdorlari joriy etilib, bunda mazkur Farmonda belgilangan eng oz miqdor asos qilib olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ulugʻ Vatan urushining qatnashchilari va nogironlariga eng oz miqdori 1300 soʻm boʻlishidan kelib chiqib, nafaqalar miqdori belgilansin, bunda Ulugʻ Vatan urushi III guruh nogironlari nafaqalarining miqdori eng oz ish haqi darajasiga yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 1000 soʻm miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aholi daromadlarining darajasini toʻgʻrilab olish maqsadida oyiga 5000 soʻmgacha boʻlgan ish haqidan daromad soligʻi miqdorlarini kamaytirish zarur deb hisoblansin va oyiga 5000 soʻmdan oshadigan ish haqidan olinadigan daromad soligʻining tegishli miqdorda oshirilishi joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan, va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan daromad soligʻi olish toʻgʻrisidagi qonunni oʻzgartirish haqida Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va xoʻjaliklari mehnat unumdorligini oʻstirish va ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar)ining hajmlarini oshirish hisobiga ushbu Farmonda belgilangan minimumni eʼtiborga olgan holda ishlovchilarining maoshi yanada oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bir oy muddat ichida amaldagi qonunlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-433-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 8-son, 303-modda; 1992-y., 10-son, 414-modda)