Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-may,
PQ-1340-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PQ-1340-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-sonli qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, “Chkalov nomidagi TAIChB” DAJning boshqaruvi raisi — bosh direktori aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tasdiqlanadi. Boshqaruv aʼzolari (bosh muhandis, bosh direktor oʻrinbosarlari, hududiy boʻlinmalar direktorlari) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimlarga tasdiqlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)