Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat boshqaruv organlari hayʼatlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining hayʼatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21 may,
PQ-1342-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21 maydagi PQ-1342-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 14 va 15-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), vazir oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Hayʼat:
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, eksportni ragʻbatlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va roʻyobga chiqarish;
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanishi uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Hayʼat majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat, agar uning majlisida oʻz tarkibining yarmidan ortigʻi hozir boʻlsa, huquqiy vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari vazir buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda vazir, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan hayʼat reglamentida belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Davlat mulki qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), rais oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Davlat mulki qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish, davlat mulkini samarali boshqarishni takomillashtirish, investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni kuchaytirish, qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishini faollashtirish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin taʼsirchan monitoring qilish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash, shuningdek bozor infratuzilmasi rivojlanishiga koʻmaklashish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va roʻyobga chiqarish;
Davlat mulki qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanishi uchun Davlat mulki qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat Davlat mulki qoʻmitasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Hayʼat majlislariga Davlat mulki qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat, agar uning majlisida oʻz tarkibining yarmidan ortigʻi hozir boʻlsa, huquqiy vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari Davlat mulki qoʻmitasi qarorlari va rais buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan hayʼat reglamentida belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Agentlikda bosh direktor (hayʼat raisi), bosh direktorni oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat:
kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan davlat siyosatini yanada amalga oshirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga koʻmaklashish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va roʻyobga chiqarish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanishi uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Hayʼat majlislariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat, agar uning majlisida oʻz tarkibining yarmidan ortigʻi hozir boʻlsa, huquqiy vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda bosh direktor, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan hayʼat reglamentida belgilanadi.”