Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat boshqaruv organlari hayʼatlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining hayʼatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21 may,
PQ-1342-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21 maydagi PQ-1342-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Agentlikda bosh direktor (hayʼat raisi), bosh direktorni oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat:
kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan davlat siyosatini yanada amalga oshirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga koʻmaklashish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va roʻyobga chiqarish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanishi uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Hayʼat majlislariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat, agar uning majlisida oʻz tarkibining yarmidan ortigʻi hozir boʻlsa, huquqiy vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda bosh direktor, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan hayʼat reglamentida belgilanadi.”