Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berishning yagona tartibini belgilash va ularning huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Hududida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladigan viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni kelishish va rasmiylashtirishni belgilangan muddatlarda taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
3. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari hamda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi uch oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi va “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining sifatini belgilagan holda turar joylar, binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarning dastlabki qiymatini belgilasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 35-modda) “va” hamda “yer uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-avgust,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga va boshqa qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan erkin iqtisodiy zonalar (keyingi oʻrinlarda EIZ deb ataladi) qantashchilariga yer uchastkalari berishning maxsus huquqiy rejimi va tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
EIZning maʼmuriy kengashi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan EIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillaridan tuziladigan kollegial organ;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EIZ direksiyasi — EIZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
investor — belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan va EIZ hududida investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsion faoliyat subyekti;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) — Direksiya va investor oʻrtasida tuziladigan va ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EIZ qatnashchisi — belgilangan tartibda EIZ hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan va Direksiya tomonidan EIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma — tegishli viloyat hokimligi bilan EIZ qatnashchilari oʻrtasida tuziladigan EIZ hududida yer uchastkasidan muddatli foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. EIZ tarkibiga kiritiladigan yer uchastkalari chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq belgilanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EIZ hududidagi yer uchastkalari hududida EIZ tashkil etiladigan viloyatlar hokimliklarining toʻgʻridan toʻgʻri yurituvida boʻladi va EIZ maʼmuriy kengashi qarorlari asosida tegishli viloyatlar hokimlari tomonidan EIZ qatnashchilariga beriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. EIZ hududida meʼmoriy va shaharsozlik faoliyati qurilishning dastlabki rejalariga yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan EIZni rivojlantirishning bosh rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. EIZ qatnashchilariga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa qarorlari bilan belgilanadigan EIZ faoliyat koʻrsatishi davrida 30 yilgacha muddatga muddatli foydalanish uchun beriladi.
EIZ qatnashchilariga EIZning faoliyat koʻrsatish muddati tegishli muddatga uzaytirilganda yer uchastkasidan muddatli foydalanish muddatini uzaytirish huquqi beriladi.
EIZ qatnashchisi maqomini olgan va dastlabki qurilish rejasiga yoki EIZni rivojlantirishning bosh rejasiga muvofiq EIZning maʼmuriy kengashi qarori bilan korxonasi joylashtirish uchun joy berilgan tadbirkorlik subyektiga yer uchastkasini berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
II. EIZ qatnashchilariga yer uchastkasi ajratish tartibi
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. EIZ qatnashchilarining korxonalarini joylashtirish qurilishning dastlabki rejalariga yoki EIZni rivojlantirishning bosh rejalariga muvofiq investitsiya qoʻyish toʻgʻrisida bitimlar tuzilgan taqdirda EIZ Maʼmuriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi navbatda EIZ qatnashchilarining korxonalari qurilish uchun zarur boʻlgan oʻlchamda yer uchastkasi ajratilgan holda sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududida joylashtiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yer uchastkalari ajratish haqidagi materiallarni tayyorlash, shu jumladan vakolatli organlar va tashkilotlarda kelishish ishlari yer uchastkalari ajratilayotgan EIZ qatnashchilari mablagʻlari hisobiga EIZning Maʼmuriy kengashi bilan kelishilgan baholar boʻyicha tegishli viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Investor EIZ direksiyasi bilan birgalikda qurilishning dastlabki rejasiga yoki EIZni rivojlantirishning bosh rejasiga muvofiq EIZ hududida joylashtiriladigan korxonaning joylashadigan joyini oʻrganadi va belgilaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. EIZ qatnashchilari obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tegishli viloyat hokimining nomiga arizani tayyorlaydi. Arizada yer uchastkasi qanday maqsadlar uchun va qanday muddatga zarurligi, u joylashgan joy va talab etiladigan joy asoslangan holda yer uchastkasi oʻlchamlari, yuridik shaxsning pochta manzili, rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasportiga oid maʼlumotlar koʻrsatiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
EIZ qatnashchilari tayyorlangan arizani EIZ direksiyalariga taqdim etadilar. EIZ direksiyalari ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uni oʻzining iltimosnomasi bilan birgalikda tegishli viloyat hokimiga va tegishli viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonasiga yuboradi. Iltimosnomaga EIZ Maʼmuriy kengashining tanlangan yer uchastkasi joylashgan joy koʻrsatilgan holda qurilishning dastlabki rejasidan yoki EIZni rivojlantirishning bosh rejasidan nusxa koʻchirilgan holda korxonani joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi (yoki qarordan koʻchirma) ilova qilinadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi xizmati yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni besh ish kuni mobaynida tayyorlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. EIZ direksiyasi yer uchastkasini tanlash ishlarini bajarish davomida:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya buyurtmanomalaridan va EIZni rivojlantirishning bosh rejasidan kelib chiqib yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkasi, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlarini tanlash boʻyicha takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tayyorlaydi va ular keyinchalik takliflarni Maʼmuriy kengashning koʻrib chiqishi uchun kiritadilar;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
yer uchastkasini investorga ajratish tadbirlarini oʻz vaqtida taʼminlash uchun investorlar tomonidan kiritiladigan investitsiya buyurtmanomalari asosida ular joylashtiriladigan joylar va yer uchastkalari oʻlchamlari koʻrsatilgan holda kelgusi yilda amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalari, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlari roʻyxatini viloyat hokimligi nomiga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli viloyat hokimligiga loyiha investorining yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi buyurtmanomasi, shu jumladan EIZni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiquvchi bilan kelishilgan hududning xaritasidan koʻchirma bilan birgalikda EIZ qatnashchisi maqomini berish toʻgʻrisida Maʼmuriy kengashning qarori loyihasini yuboradi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Yer uchastkasi ajratish ishlarini bajarish davomida viloyatlarning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonalari:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy kengashning qarorlari va EIZ direksiyasi tomonidan yuborilgan materiallar asosida investitsiya loyihalari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari uchun ajratiladigan yer maydonining chegaralarini va umumiy maydonini aniqlaydi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining tarkibini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va boshqa ekin maydonlari turlarini aniqlaydi;
ajratiladigan yer uchastkasida binolar va inshootlar, turar joylar, shu jumladan oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar mavjudligini aniqlaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlaridan yer olib qoʻyilishi (sotib olinishi) munosabati bilan yuzaga keladigan ularning zararlari miqdorlarini aniqlaydi;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yer maydonlari olib qoʻyilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiligi miqdorini aniqlaydi;
ajratiladigan yer uchastkasida buziladigan binolar, inshootlar va turar joylar mavjud boʻlgan taqdirda ularning qiymatini aniqlash uchun baholash tashkilotlari jalb etiladi;
mavjud boʻlgan taqdirda yangi yer uchastkalari yoki kvartiralar olishni xohlovchilar koʻrsatilgan holda fuqarolarning koʻchiriladigan oilalari roʻyxatini tuzadi;
yer uchastkasini unumdor qilishning (qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun), tuproqning unumdor qatlamini koʻchirib olishning zarurligi va yoʻnalishini aniqlaydi;
yer uchastkasining har bir egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori bilan ulardan yerni olib qoʻyish (sotib olish)ga rozilik va uning shartlari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni rasmiylashtiradi;
investitsiya loyihalari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi;
investitsiya loyihalari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari uchun ajratiladigan yer uchastkasi chegaralari chizmasini tuzadi.
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari va mulkdorlarining zararlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiliklari tegishli viloyatlar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
13. Materiallar yer uchastkasi ajratish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, unda ushbu Nizomning 12-bandida sanab oʻtilgan maʼlumotlar aks ettiriladi. Dalolatnomaga:
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlari (mavjud boʻlganda) hisob-kitobi;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon ekin maydonlari olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisob-kitobi;
buziladigan binolar va inshootlarni (ular mavjud boʻlganda) baholash toʻgʻrisida baholash tashkilotining hisoboti;
oʻrmon xoʻjaligi korxonalaridan oʻrmon ekin maydonlari olib qoʻyilgan taqdirda ular tomonidan tuzilgan ajratiladigan yer uchastkasining texnik tekshiruvi dalolatnomasi;
yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining olib qoʻyiladigan (sotib olinadigan) yeri aks ettirilgan holda ajratiladigan yer uchastkasining chegaralari chizmasi ilova qilinadi.
14. Yer uchastkasi ajratish dalolatnomasi:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli viloyatning arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, EIZni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiquvchi, davlat sanitariya va yongʻin nazorati organlari bilan, yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda joylashgan taqdirda — tegishli viloyatning qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi bilan;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
yer uchastkasi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalaridan, magistral quvurlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari, madaniy meros obyektlarining qoʻriqlanadigan, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalaridan, shuningdek chiqindilarni va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylaridan ajratilganda — ushbu hududlar va inshootlardan foydalanuvchi va ularni ishlatuvchi tashkilotlar bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yer uchastkasi ajratish dalolatnomasini kelishuvchi organlar va tashkilotlar materiallar olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay ularni koʻrib chiqadilar va oʻzlarining asoslangan xulosalarini tegishli viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonasiga taqdim etadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni viloyat hokimliklari huzurida tashkil etilgan viloyat yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda viloyat Komissiyasi deb ataladi) quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yer uchastkasi chegaralari chizmasi bilan birgalikda yer uchastkasi ajratish dalolatnomasini;
ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan tashkilotlar bilan yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni kelishishga doir hujjatlarni;
yangi yer uchastkalari va yoki kvartiralar olishni xohlovchilar koʻrsatilgan holda fuqarolarning koʻchiriladigan oilalari roʻyxatini, shuningdek turar joylari va boshqa imoratlari buzilishi kerak boʻlgan (ular mavjud boʻlganda) tegishli yuridik va jismoniy shaxslarning roʻyxatini;
yuridik yoki jismoniy shaxslardan olib qoʻyish (sotib olish) shartlarini ular bilan kelishish boʻyicha hujjatlarni kiritadi.
17. Yer uchastkasi ajratish dalolatnomasi uning kelishilganligi haqida vakolatli organlarning xulosalari ilova qilingan holda kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida viloyat Komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Viloyat Komissiyasining xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tegishli viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi viloyat Komissiyasining xulosasi asosida bir ish kuni mobaynida viloyat hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Viloyat hokimi bir ish kuni mobaynida taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va EIZ qatnashchisiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorda quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi ajratilayotgan EIZ qatnashchisining nomi, qurilayotgan obyektning nomi, yer uchastkasini berish muddati, shuningdek yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari boʻyicha ekin maydonlari boʻyicha ajratiladigan yer uchastkasining umumiy maydoni, olib qoʻyiladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining sifati (bonitet ballari);
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
yer uchastkalarining har bir egasiga, foydalanuvchisiga, ijarachisiga va mulkdoriga (mavjud boʻlganda) qoplanishi kerak boʻlgan zararlar miqdori;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon ekin maydonlari olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdori;
yer uchastkasini unumdor qilish zarurligi, ularni ular olib qoʻyilgan mulkdorlariga, egalariga, foydalanuvchilariga va ijarachilariga qaytarish shartlari (zarur boʻlganda);
tuproqning unumdor qatlamini koʻchirib olish zarurligi;
suv muhofazasi, ekologik, yongʻinga qarshi, sanitariya shartlari va talablari boshqa shartlar va talablar.
Viloyat hokimining yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qaroriga uning tarkibiy qismi sifatida ajratiladigan yer uchastkasi chegaralari chizmasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida ishlarni bajaruvchi, yer uchastkasi ajratiladigan EIZ qatnashchisi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda yer uchastkasining chegaralari naturaga koʻchiriladi, turdosh foydalanuvchilar, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) hamda yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbarlari bilan kelishiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Yer uchastkasi chegaralari naturaga koʻchirilgandan keyin bir ish kuni mobaynida yer uchastkasi ajratish boʻyicha hujjatlar yigʻma jildi uch nusxada tuziladi, ularning bir nusxasi yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallar tayyorlash xarajatlari toʻlangandan keyin EIZ qatnashchisiga, shuningdek tuman arxitektura va qurilish boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda yer resurslari va davlat kadastriga beriladi. Yer uchastkasi ajratish boʻyicha hujjatlarning asl nusxalari viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasida saqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Viloyat hokimining yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori asosida viloyatning yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan bir ish kuni mobaynida EIZ qatnashchisining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va unga yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Yer uchastkasi ajratish materiallari rasmiylashtirilgandan keyin viloyat hokimi EIZ qatnashchisi bilan yer uchastkasidan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Yer uchastkasidan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomada yer uchastkasidan foydalanish shartlari, yerdan foydalanish boʻyicha tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning toʻxtatilishi holatlari va tomonlarning xohishiga koʻra boshqa masalalar belgilanadi.
24. Yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlashning umumiy muddati ishlarning oʻrtacha murakkabligida 16 kunni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
EIZ qatnashchilariga yer uchastkalari berish sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
III. Ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulkni nul sotib olish qiymati bilan sotishda yer uchastkalari ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
25. EIZ direksiyasi bilan EIZ qatnashchisi oʻrtasida tuzilgan ishlamayotgan korxonalar va davlat mulki boʻlgan mol-mulkning oldi-sotdi shartnomasi asosida koʻrsatib oʻtilgan obyektlar bilan band boʻlgan hamda ekologik talablar va xavfsizlik normalari hisobga olingan holda asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasidan muddatli foydalanish huquqi EIZ qatnashchisiga oʻtadi.
Yer uchastkasidan muddatli foydalanish huquqining oʻtishi EIZ direksiyasining taqdimnomasi boʻyicha uch ish kuni mobaynida viloyat hokimining yer uchastkasini oldingi yerdan foydalanuvchidan olib qoʻyish va EIZ qatnashchisiga berish toʻgʻrisidagi qarori bilan rasmiylashtiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Viloyat hokimining qarori asosida belgilangan tartibda EIZ qatnashchisining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va unga yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
IV. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tadbirkorlik subyekti EIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilgan taqdirda uning yer uchastkasidan muddatli foydalanish huquqi EIZ direksiyasining taqdimnomasi boʻyicha viloyat hokimining qarori bilan muddatidan oldin toʻxtatiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yer uchastkalaridan foydalanish boʻyicha qatnashchilar va EIZ direksiyalari oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlariga va yer uchastkasidan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
29. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) qatnashchilariga yer uchastkalari berish
sxemasi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 35-son, 469-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda, 46-son, 551-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)