Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
EKSPORT MAHSULOTI IShLAB ChIQARUVChILARNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, amaldagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga moʻljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishga shunday imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Eksport qiluvchi korxonalar uchun umumiy savdo-sotiq hajmida oʻzi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti ulushiga qarab daromad (foyda) soligʻi hamda mulk soligʻi toʻlashning quyidagi tartibi belgilansin:
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda boʻlganida — belgilangan daromad (foyda) soligʻi va mulk soligʻi stavkalari 30 foizga kamaytiriladi;
eksport ulushi 30 va undan koʻproq foiz boʻlganida — belgilangan daromad (foyda) soligʻi va mulk soligʻi stavkalari 2 baravar kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur soliq imtiyozi yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqish chogʻida mikrofirmalar va kichik korxonalarga ham joriy etilsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-sentabrdagi PF-3658-sonli Farmoni tahririda)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Farmonning 1-bandida koʻzda tutilgan imtiyozlar eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchi hamda uni mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanuvchi ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari hamda firmalari orqali sotuvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga tadbiq etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur imtiyozlar erkin almashtiriladigan valyutaga xomashyo mahsulotlari — paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho, rangli va qora metallar eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilinmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birga bir hafta muddatda ushbu Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllanish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga* muvofiq soliq imtiyozlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
* Ilova rus tilida beriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar;
Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-iyun,
PF-2613-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda)